Qabul bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men har kuni ertalab uydan chiqib, to ishxonamga borguncha ichimda Qur’on tilovat qilib, kalima qaytarib boraman. Ammo ko‘pincha xayolimga har-xil narsalar kelib, hayolimni jamlolmayman. Aytingchi, bunday holatda o‘qiyotgan suralarim qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qabul qilish Alloh taoloning ishi. Qur’on tilovat qilib, kalima qaytarishingiz komil mo‘minning ishidir. Hayolni olib qochadigan narsalardan ko‘zni yuming. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar