Afsus

Assalomu alaykum! Savol takrorlanayotgani uchun uzr so‘rayman! Aniqroq aytmoqchi edim. Men nikoh haqida 4 kishi oldida bunday deb yuboribman: nikoh qilmoqchi bo‘lsa hech kim bo‘lmasa ya’ni kimsasiz joyda yashaydigan, umuman hech kim yo‘q cho‘lda masalan deb bir erkak va bir ayol guvohlar yo‘q, nikoh qiluvchi yo‘q, nikoh duosini o‘zlari bilmaydi. Lekin er va ayol bir biriga rozi bo‘lsa bag‘ishlasa bo‘laveradi deb yuboribman. Allohga tavba qilsam kechirilamanmi in sha Alloh? Kechirilishim uchun boyagi to‘rt kishi oldida  bu gap noto‘g‘ri men adashganimni aytishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kechirish yoki kechirmaslik bu Alloh taoloning ishidir. Tavbangiz haqiqiy bo‘lsa, Alloh kechirishni va’da qilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar