Tasbeh va Bismillah
Assalomu alaykum! Be minnat xolis savollarimizga javob berayotganlaringiz uchun kattakon rahmat. Namozdan so‘ng “Oyatul kursiy”ni o‘qib, 33 ta “Subhanallah”, “Alhamdulillah” va “Allahu Akbar”larini farz namozidan so‘ng aytishimiz kerakmi yoki butkul tugatib, ya’ni vitrdan keyin aytsak ham bo‘ladimi?
2). Gohida ovqatlanishdan oldin aytiladigan “Bismillah”ni ichimda aytaman yoki xayolimdan ko‘tarilib qolsa esimga tushishi bilan aytaman. Shu ishim to‘g‘rimi yoki ovozimni chiqarib aytishim shartmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ixtiyoringiz. Ixtilof chiqarmasangiz bo‘ldi. Arablardan bir maqol bor. “Odamlar og‘ziga tushish, tanilish va riyokorlikni xohlagan kishi ko‘pchilik qilayotgan ishga xilof qilishi bilan bo‘ladi” deganlar. Shu holatga tushib qolmasangiz bo‘ldi.
2). Sunnat ado bo‘lishi uchun eng pasti o‘zingiz eshitadigan darajada bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar