Libos kiyish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni qarindoshlarimning hammalari namozxon, ramazon ro‘zasini tutishadi va hattoki nafl ro‘za va namozlarni ham o‘qishadi. Ammo hammalari kiynayotgan narsa deyarli ochiq. Asosan bosh yalang va engi kalta ko‘ylaklar. Ularga qarata “Qilgan ibodatlaringiz go‘zalku, lekin kiygan kiyimlaringiz juda ochiq. Shuncha qiynalib qilgan ibodatlaringiz qabul bo‘lmay qolishligidan qo‘rqmaysizlarmi? Muslimalarga xos kiyimlarda, o‘zlaringizni begona erkaklar nazaridan saqlasalaringiz bo‘lmaydimi” desam, ular «qilgan ibodatimiz uchun o‘zimiz javob beramiz» deyishadi. Aytishlaricha insonni niyati va qalbi to‘g‘ri bo‘lsinakan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Yasin” surasida marhamat qiladi : وَمَا عَلَيْنَا إِلاَّ الْبَلاَغُ الْمُبِينُ 17. Bizning zimmamizda ochiq-oydan etkazishdan boshqa narsa yo‘q», – dedilar. Bizning vazifamiz Allohning amrini etkazib qo‘yish. Siz inkor qilasizmi, yolg‘onga chiqarasizmi, bizning ishimiz yo‘q. Va yana “Nur” surasida : قُلْ أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ فَإِن تَوَلَّوا فَإِنَّمَا عَلَيْهِ مَا حُمِّلَ وَعَلَيْكُم مَّا حُمِّلْتُمْ وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُوا وَمَا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ 54. Sen: «Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling! Bas, agar yuz o‘girib ketsangiz, uning zimmasida o‘ziga yuklatilgan narsa, sizning zimmangizda o‘zingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Rasulning zimmasida ochiq-oydin etkazishdan boshqa narsa yo‘q», – deb ayt. Ya’ni «Ey odamlar, «Allohga itoat qiling…» Allohga itoat etish Uning Qur’oniga amal qilishdir. Demak, Qur’onga amal qilinglar. «…Rasulga itoat qiling!» Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga itoat etish u zotning sunnatlariga amal qilishdir. Demak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilinglar. Allohga ham, Payg‘ambarga ham itoat qilmasdan, «Bas, agar yuz o‘girib ketsangiz...», o‘zingizga qiyin bo‘ladi. Chunki «...uning zimmasida o‘ziga yuklatilgan narsa...» U ham bo‘lsa, payg‘ambarlikni sizlarga etkazishdir. Bu ishni u a’lo darajada ado etdi. Endi u o‘z mukofotini oladi. «...sizning zimmangizda o‘zingizga yuklatilgan narsa». Ya’ni «Sizga Payg‘ambar etkazgan narsaga itoat qilish. Siz buni ado etmasangiz, jazo olasiz». «Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam faqat hidoyatga boshlaydi. Ammo itoat qilmasangiz, unga hech bir zarar etmaydi. Chunki «Rasulning zimmasida ochiq-oydin etkazishdan boshqa narsa yo‘q». Shuning uchun sizning yuz o‘girib ketishingiz unga hech qanday zarar keltirmaydi. Balki o‘zingiz zarar ko‘rasiz. “Moida” surasida ham : مَّا عَلَى الرَّسُولِ إِلاَّ الْبَلاَغُ وَاللّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ 99. Rasulning zimmasida faqat etkazish bor, xolos. Alloh sizlar oshkor qilayotgan narsalarni ham, berkitayotgan narsalarni ham biladir. Payg‘ambar o‘z vazifasini qoyilmaqom qilib ado etdi. Endi ummatlar qiyomatgacha u zot etkazgan narsaga amal qilib yashamoqlari lozim. Oshkorayu maxfiyni bilib turgan Alloh har kimni qilganiga qarab mukofotlaydi yoki jazolaydi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Imom Qurtubiy rahmatullohi alayh ushbu (مَّا عَلَى الرَّسُولِ إِلاَّ الْبَلاَغُ) oyatning tafsirida : “Hidoyat qilish, muvaffaq qilish va savob berish rasulning zimmasida emas. Etkazishgina sizning zimmangizga vojib” deb tafsir qilganlar. Shuning uchun bizning zimmamizga bu haqidagi oyat va hadislarni to‘liq o‘rganib, hikmat bilan etkazish kerak va etkazishda bardavom ham bo‘lish kerak. Quyida fiqhiy kitoblarimizdagi hukm : Hur ayolning jamiki badani avratdir. Yuz, ikki qo‘l va oyoq bundan mustasno. Bu hukmning dalillari: Alloh taolo Nur surasida: وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ «Mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, zohir bo‘lgani mustasno. Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar», degan (31-oyat). «Zohir bo‘lgan ziynatlar» deganda namozda yuz, ikki qadam va ikki kaft anglanadi. Namozdan tashqarida ikki qadam ham avratdir. «Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar». Ya’ni boshlariga o‘ragan ro‘mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘kslari va ko‘kraklarini ham to‘sib tursin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ أَسْمَاءَ بِنْتَ أَبِي بَكْرٍ دَخَلَتْ عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم وَعَلَيْهَا ثِيَابٌ رِقَاقٌ، فَأَعْرَضَ عَنْهَا رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم وَقَالَ يَا أَسْمَاءُ، إِنَّ الْمَرْأَةَ إِذَا بَلَغَتِ الْمَحِيضَ لَمْ تَصْلُحْ أَنْ يُرَى مِنْهَا إِلَّا هَذَا وَهَذَا، وَأَشَارَ إِلَى وَجْهِهِ وَكَفَّيْهِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Asmo binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan yuzlarini o‘girib oldilar va: «Ey Asmo, ayol kishi hayz ko‘radigan bo‘lganidan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi ko‘rinmasligi kerak», deb ikki kaftlari va yuzlariga ishora qildilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Ibn Jarir Tobariy o‘z tafsirlarida Oisha onamizdan keltirgan rivoyatda u kishi aytadilar: «Oldimga ona bir akam Abdulloh ibn Tufaylning qizi ziynatlangan holda kirgan edi. Rasululloh kelib qoldilar va yuzlarini o‘girdilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, bu ona bir akamning qizi, yosh qiz», dedim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi balog‘atga etganidan keyin undan yuzi va mana bu joylaridan boshqa joyi ko‘rinishi halol emas», deb o‘z bilaklarini tutumlab ko‘rsatdilar. Ushlagan joylari bilan kaftlari orasida yana bir tutumcha joy qoldi». Demak, namozda mazkur avrat joylarni to‘sib o‘qish farzdir. Ba’zi a’zolar ochilib qolsa nima bo‘ladi va shunga o‘xshash savollarga keyingi jumlalarda javob keladi. Bir a’zoning to‘rtdan birining ochilishi namozni man qiladi. Agar unutib ochilgan bo‘lsa va ochilishi bir ruknning ado etilishicha vaqt davom etsa va a’zoning choragidan ozi ochilsa, namoz botil bo‘lmaydi. Agar namozxon mazkur miqdorni qasddan ochsa, namozi darhol buziladi. Boldirning o‘zi bir a’zodir. Uning to‘rtdan biri ochilib qolsa va zikr qilingan muddatgacha yopilmasa, namoz botil bo‘ladi. Son, zakarning yolg‘iz o‘zi va ikki turmuq ham. Osilib tushgan soch ham. Bularda ham oldingi zikr qilingan hukm sobit bo‘ladi. «Avratni to‘sish» deganda shariat talabiga binoan to‘sish ko‘zda tutilgan. Bunda avratni to‘sadigan narsaga quyidagi shartlar qo‘yilgan: 1. Kiyim badanning rangini bilintirmaydigan darajada qalin bo‘lishi lozim. 2. Kiyim badanning hamma tarafini to‘sishi lozim. Biror tarafi ochilib qolsa ham bo‘lmaydi. Kiyim tanqis bo‘lganda avval g‘aliz avratni, keyin boshqalarini to‘sish kerak bo‘ladi. Agar faqat bitta avratni to‘sishga etadigan narsa bo‘lsa, u bilan orqani to‘sib, oldini qo‘li bilan to‘sadi. Boshqasi bo‘lmaganda harom kiyim ila, misol uchun, erkak kishi ipak kiyimda namoz o‘qisa, tahrimiy karohat ila namoz bo‘ladi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush