Kravatda namoz

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyman. Oilada mendan boshqalar hali o‘qishmaydi. Otam onam shariat hukmlarini bilishmasa, tahorat qanday olinadi, nimalar uni ketkazadi, shuningdek g‘uslni vojib qiladigan narsalar haqida qanday tushuntirsam bo‘ladi? Namozlarda otamga o‘rgatish maqsadida imomlik qilsam bo‘ladimi? 2) Ishda krovat ustida (er najasdan xoli emasligini gumon qilgan holda) namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Shuncha yil uyalganingiz etar. Bundan bu yog‘iga hech qanday uyalmasdan shariatimizda shunday ekan, shunday ekan deb go‘zal yo‘llari bilan etkazavering. Niyatingiz chiroyli bo‘lsa, so‘zingizni silliq yoki qo‘pol bo‘lishining farqi yo‘q. 2). Tik turib o‘qisangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar