Namoz va tayammum

Assalomu alaykum! Ustozlar. 1-oktyabr ustozlar bayrami bilan qutlayman. Opam 5 vaqt namoz o‘qiydilar. Opamning bellari, burunlari, boshlari shamollab doktorga boribdilar. Doktor opamga suv ishlatmang, tahorat qilmay turing deb, dori-darmon yozib beribdi. Hozir doktor opamlarni boshlarini shamollashdan tozalayotgan ekan. Shuning uchun opamlar sog‘ayib ketgunlaricha, namozni tayammum qilib o‘qisalar bo‘ladimi? Javob uchun katta rahmat. Alloh taolo barchamizni namozni to‘la to‘kis ado etishimizni nasib etib, dargohida qabul aylasin. Amin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oyoq-qo‘llarini yuvish ham zarar qilsa tayammum qilsalar bo‘ladi. Agar yuva olsalar, oyoq-qo‘llarini yuvib, yuziga mash tortib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar