Otamdan menga oq tushmadimikan?
Assalomu alaykum! Ustozlar, yoshim 20da oilada 4 kishimiz. Ukam va men 5 vaqt namoz o‘qiymiz. Otam kun-ora aroq ichib turadi va ichgan payt otamga xuddi qarshi (norozidek) munosabatda bo‘laman. Shunda otam meni so‘kib urishib turadi. Biz otamizga ichkiligni tashlab namoz o‘qishga undaymiz ko‘p marotaba. Bir kuni otam: otani norozi qilyapsanmi bu o‘qigan namozlarin bir pul, deganidan beri ko‘nglim g‘ash. Savolim shundaki : Otamga bunday munosabatda bo‘lganim uchun otamdan menga oq tushmadimikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni tutgan yo‘lingiz to‘g‘ri yo‘l emas. Albatta gunoh ishdan qaytarganingiz uchun norozi bo‘lishi bilan oq bo‘lib qolmaysiz. Yaxshi mutaxassis shifokorni topib maslahatlashing. Hozir ichishni tashlatib yuboradigan ukollar chiqqan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 143 | Bola tarbiyasi