"Toha" surasi
Assalomu alaykum! Toha surasining 80-oyatini sharhini keltirib bersangizlar. Iltimos
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ قَدْ أَنجَيْنَاكُم مِّنْ عَدُوِّكُمْ وَوَاعَدْنَاكُمْ جَانِبَ الطُّورِ الْأَيْمَنَ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكُمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَى 80. Ey Banu Isroil, batahqiq, sizga dushmaningizdan najot berdik va siz bilan Turning o‘ng tomonini va’dalashdik hamda sizlarga mann va bedana tushirdik. Alloh taolo ushbu oyati karimada Banu Isroilga O‘zining uch turli ne’matini eslatmoqda. Ularning birinchisi «...sizga dushmaningizdan najot berdik...» degan jumlada o‘z aksini topgandir. Ikkinchisi esa ularning diniy hayotlariga aloqador ne’mat – «...siz bilan Turning o‘ng tomonini va’dalashdik...» Ya’ni Misr bilan Falastinning o‘rtasida joylashgan Tur tog‘ining o‘ng tomonida Muso alayhissalom bilan muloqot bo‘lishi, diniy ishlarga ahamiyat berilishi, Allohning u zot bilan gaplashishi va Tavrot nozil qilinishi Banu Isroil uchun katta ne’mat edi. Uchinchi ne’mat dunyoviy bo‘lib, u oyatning «...hamda sizlarga mann va bedana tushirdik» degan jumlasida aksini topgan. O‘tgan suralarda mann va salva – bedana haqida batafsil so‘z yuritilgan. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 184 | Qur’oni karim