Ilm imkoniyati
Assalomu alaykum! Eshitishim buyicha kishi umri davomida ilmga ruju ko‘yib, ko‘p ilm olsa, o‘rgansa va bu foniy dunyodan utsa, kabrdan to kiyomatgacha darajasi kutarilib, ko‘shimcha imkoniyatlar buladi ekan? Shu xakida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا مَاتَ الْإِنْسَانُ انْقَطَعَ عَنْهُ عَمَلُهُ إِلَّا مِنْ ثَلَاثَةٍ: إِلَّا مِنْ صَدَقَةٍ جَارِيَةٍ، أَوْ عِلْمٍ يُنْتَفَعُ بِهِ، أَوْ وَلَدٍ صَالِحٍ يَدْعُو لَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odam bolasi vafot etganda, uning amallari kesiladi. Faqat uch narsadan: sadaqai joriyadan, manfaatlanadigan ilmdan va uning haqqiga duo qilib turadigan solih farzanddan kesilmaydi», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.Sharh: Bu hadisi sharif «Ilm kitobi»da ham o‘tgan, u erda batafsil sharh qilindi.Bu erdagi vaqfga tegishli gap «sadaqai joriya»dadir.Joriy sadaqa davomli sadaqa bo‘lib, asosan vaqfdan iborat bo‘ladi. Musulmon kishi ko‘pchilik foyda oladigan bir ish qilib ketgan bo‘ladi, ana shundan kishilar foyda olib tursalar, o‘lganidan keyin ham uning egasiga savob etib turadi. Shuning uchun ham musulmonlar Islom ta’limotlarini yaxshi tushunib, ularga yaxshi amal qilgan paytlarida bardavom savobdan umidvor bo‘lib, ko‘plab vaqflar qilganlar va beva-bechora, faqir kambag‘allarni ana shu vaqflar hisobidan ta’minlab turganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar