Qabrga gul qo‘yish
Assalomu alaykum! Yaqinda bir hodisa sodir bo‘ldi hayotimda shuni o‘ylab juda siqilmoqdaman. Bir kuni Otam uyimizda o‘sib turgan atirgullarni kesib olib bobonglarni qabriga quyamiz dedi. Men aytdim Ota dinimizda gul qo‘yish mumkinmikan? Oldin bilish kerak dedim. Shunga otam bunga seni ishing bo‘lmasin meni o‘zim quyaman sen quymasang dedi va usha imomlaringdan so‘rada borib dedi( kulib kesatib gapirdi). Shunda men sizlarni saytingizga kirishga harakat qildim ammo biz tarafda internet yaxshi emas edi kirmadi saytga. Shunda otam menga sen ham yur Qur’on tilovat qilib yuborasan deb men hop dedim( faqat Qur’on tilovat qilasan degani uchun bunga yo‘q bormayman desam gunohkor bo‘laman deb o‘ylagandim). Biz mashinada bordik borguncha saytga kirishga harakat qildim ammo kira olmadim va qabr oldida qanday Qur’on tilovat qilishni bilmasdim shuni ham bilish uchun internetdan qidirdim ammo internet yaxshi ishlamadi.Qabristonga kirdik men otam va otamni akasi gullarni uchta qabrga quyishdi. o Otam 4-qabr ammangni qabriga ham quyib yubordi dedi men bilmasdan quyib yuboribman(Hayolim faqat qanday qilib Qur’on tilovat qilishda edi). Keyin men Qiblaga qarab "Ixlos", "Falaq" va "Nas" suralarini o‘qib shunday duo qildim "Allohim kitobing haqdir. Uning barokatida umrimizni barokatli qil. Uning savobidan shu qabristonda yotgan barcha mo‘minlarni qabrini nurga to‘ldir va ularga qabr azobidan panoh ber va borar joylarini Jannatdan qil" qaytib kelishda sizlarni saytga kira oldim va o‘qib qoldim ya’ni sizlar shunday degan ekansizlar qabrga gul qo‘yishga " Alloh taolo insonni mukarram va sharafli qilib yaratgan va unga aql degan ne’matni bergan. Inson shu aqldan foydalanishi kerak. Avvalo sun’iy bo‘lmagan gulni qabr ustiga qo‘yish shariatimizda yo‘q. Mabodo quriguncha tasbeh aytib turadi deyilsa, sun’iy gulda shu ham yo‘q. Bu molni isrof qilish hisoblanib, isrof shar’an harom amaldir. Vallohu a’lam!" buni o‘qib juda afsuslandim. Otamdan juda xafa bo‘ldim. Allohdan kechirishini so‘radim o‘sha zahoti uyga keldim lekin bari bir qilgan gunohimdan juda xafa bo‘ldim shunda " Allohim o‘zim bilmasdan gunoh qildim va to‘g‘ilashga harakat qilaman" deb o‘zim orqaga qaytdim borib o‘sha biz men otam va akasi quygan hamma qullarni olib tashladim. Lekin buni otamga aytmadim aytsam baribir tushunmas edi chunki oldinlari ham boshqa narsalarda aytganman ishonmagan.Uyga kelib darhol 2 rakat tavba namozni o‘qib Allohimdan kechirishini so‘radim. Savolim shundan iborat ediki men shirk ish qilmadimi? ya’ni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning " Xoliqqa ma’siyat qilishda maxluqqa itoat yo‘q" hadislariga osiy bo‘ldimmi? lekin men otamga aytgandim gul olib borishdan oldin so‘rash kerak deb, o‘zim ham bilmadim bilganimda agar umuman bormasdim qabristonga. Biz tarafdagi shunday dinimizda yo‘q ishlarni juda yomon ko‘raman. Allohga duo qilmodaman bunday ishlar qilishdan panoh berishini ammo baribir biz ojiz bandamiz xato qilar ekanmiz juda ko‘pchiligi bilmaslik oqibatida. Shirk qilishdan juda qo‘rqaman shuning uchun bilmoqchi edim qilgan ishim shirk emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizga qarshi gap gapirmang, ular bilan noo‘rin tortishmang, u kishini holatlarini ham tushuning. Qilgan ishingiz shirk emas, boshqa din vakillaridan kirib kelgan bid’at amal. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:12 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizga qarshi gap gapirmang, ular bilan noo‘rin tortishmang, u kishini holatlarini ham tushuning. Qilgan ishingiz shirk emas, boshqa din vakillaridan kirib kelgan bid’at amal. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:12 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar