Saodat asri qissalari

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qurayshliklar tomonidan suiqasd uyishtirilganda ularning o‘rinlarida hazrati Ali roziyallohu anhu qolgan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarini tark etayotganlarida tuzoqda turgan mushriklar payqamagan ekan. Shu holat bo‘yicha bir sura nozil bo‘lgan ekan. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha paytda sura nozil bo‘lmagan. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari uydan chiqayotib “Yosin” surasini o‘qishni boshlaganlar. Tashqaridagi poyloqchilarga etmasdan “فَأَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لاَ يُبْصِرُونَ” oyatini o‘qiganlar. Alloh taolo ularning ko‘zlariga uyqu solgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 211 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar