Davat qilish

Assalomu alaykum! Men, bir yil bo‘ldi namoz o‘qib, shariat ko‘rsatmalariga ko‘ra yashashga harakat qilyapman. 5-6 ta qalin do‘stlarim bor, musulmon albatta. Ular Allohga shukur aqli joyida, to‘grini qabul qiladigan, gapga quloq soladigan insonlar. Do‘stlarim meni gapimni olishadi, shuning uchun ularni uyimga mehmonga chaqirib namoz haqida, shariat haqida tushuntirmoqchiman. Lekin nimadan boshlashni bilmayapman. Shunga imkoniyatingiz bo‘lsa yordam bering. Ularga hozir namoz o‘qimaslik gunohi kabira ekanligi, o‘qimasa azoblanishi, inkor qilsa dindan chiqishi haqida gapirgan maqulmi yoki namoz, ro‘za insonga katta ruhiy va jismoniy ozuqa berishi, Alloh va bandani yaqinlashtirishi, jannatiylar sifatlari haqida gapirgan maqulmi? Savolimni tushuntira oldim deb umid qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Ibodati isilomiya” va “Mo‘minning meroji” nomli kitobni olib birma-bir o‘qib ketinglar. Kitobdan o‘qib bersangiz xato ham qilmaysiz, keyin bu gaplar sizniki emas shariatimizni gap ekanligini ham bilishadi. Avval o‘zingiz bir o‘qib oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:12 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar