Mayyit
Assalomu alaykum! Biz tomonlarda mayyit dafn qilingandan ma’lum vaqt o‘tgach, mayyit qarindoshlaridan biror kishi olamdan o‘tsa, «mayit kafan chaynabdi endi qarindoshlari birin ketin o‘lib ketadi. Tezrok mayyitni kavlab uni bo‘laklarga bo‘lib ko‘mish kerak, faloncha shunday qilibdi» degan gaplar yuradi. Sizlardan iltimos shu masalani shar’iy tomondan tushuntirib beringlar. Biz tomonlarda to‘y marakalarda juda ko‘p bid’at xurofotlarga yo‘l qo‘yiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Mayyit kafan chaynabdi endi qarindoshlari birin ketin o‘lib ketadi” degan gap noto‘g‘ri. Dafn qilingandan keyin qabrni ochish harom va og‘ir gunoh hisoblanadi. Mo‘min kishi taqdirga iymon keltirganidan keyin bunday gaplarni gapirishi to‘g‘ri emas. Iymoniga putur etib qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda