Zardo‘shtiylik
Assalomu alaykum! Savollarimizga mazmunli javoblar berib kelayotganingiz uchun katta rahmat! Men yana bir dolzarb savol bilan murojaat etmoqchi edim. Tarixdan ma’lum, O‘rta Osiyo aholisining aksariyati VII-VIII asrlargacha, toki Islom dini yoyilgunicha zardushtiylik e’tiqodida bo‘lishgan, o‘zlari tasavvuridagi "ma’budlar", o‘t-olov, tabiat unsurlariga sig‘inib kelganlar. Savolim hozirda ko‘pgina dunyoviy tarix kitoblarida keltirilgan va xalqimizning (afsuski, ziyolilarning ham) dunyoqarashida o‘rnashib qolgan bir fikr xususida. Ya’ni ko‘plar zardushtiylikni Alloh tomonidan nozil qilingan din, uning yozma moddiy merosi "Avesto"ni "muqaddas kitob" deb hisoblashadi. Zardushtni Markaziy Osiyo xalqlariga yuborilgan payg‘ambar deb biluvchilar ham topiladi. Faqat keyinchalik e’tiqod buzilgan deb o‘ylashadi. Hatto hanafiylik mazhabidagi urf-odatlarning aksariyati, shu bilan birga tabiatga insonning qanday munosabatda bo‘lishidan tortib oilaviy munosabatlar asosigacha asli zardushtiylik belgilab bergan degan hayolga borishadi. Arablar olib kirgan yangi e’tiqod - Islom shu din bilan qorishtirilib mintaqa xalqlariga singdirilgan deyishgacha borishadi. Achinarlisi, Zardushtga "payg‘ambarlik"ning berilishi (go‘yoki Ahuramazda - bu Alloh, u Zardusht va insonlar huzuriga yuborgan "ma’bud" Mitra bu - farishta Jabroil emish), o‘limdan keyingi hayot: mahshargoh, sirot ko‘prigi, farishtalarning so‘roq-javoblari, do‘zax va jannat v.h. singari ma’lumotlar ham "Avesto"da bor, demak, u ham ilohiy kalom, deguvchilar kishini g‘azabini keltiradi. Men bularga zig‘ircha ishonmayman. Xuddi bu maktab o‘quvchisining muallim so‘nggi eng ishonarli "darslik"ni berib qo‘yganiga qaramay eskilarini, qo‘lbola-soxtalarini o‘qishga, unga ergashishiga o‘xshaydi. Axir, "Oliy Muallimimiz" bizga shunday kitobni - Qur’onni berib qo‘ymadimi?! Iltimos, biz yoshlarga, talaba-o‘quvchilarga ikki yo‘lda sarson bo‘lishdan saqlanish uchun aniq manbalar asosida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz. Ayniqsa, 1) Zardusht Allohning "payg‘ambari", "Avesto" esa ilohiy kitob bo‘lgan, 2) sirot-qilko‘prik tasviri zardushtiylikdan kelib chiqib Islomda "talqin qilingan", 3) yangi tug‘ilgan bola uchun qurbonlik keltirish (aqiyqa) otashparastlardan etib kelgan, degan eng botil qarashlarga raddiyalarni keltirib, "Qur’on" va "Hadis" asosida daliliy javob topishimizga yordam bersangiz! Nojoiz savollar ila xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsam, meni ma’zur tuting! Bilimsizligimizni Alloh O‘zi kechirsin! Avvaldan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://savollar.islom.uz/s/53931
26 May 2022, 00:21 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://savollar.islom.uz/s/53931
26 May 2022, 00:21 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar