Janoza namozida ayollar

Assalomu alaykum! «Janoza namozida ayollar» savolimga  «Savolni boshiga qaysi kitobdan iqtibos keltirganingizni ham yozib jo‘nating» degan javobni oldim. Bu masjidda bo‘ldi. Jum’a namoziga masjidga chiqqandim. Jum’a namozi tugab, 3-4 minut o‘tib, imom janoza namozini o‘qidi. Jum’aga kelgan hamma  ayollar ham 4 ta takbir bilan janoza namozini o‘qishdi.
1-Ayollar ham janoza namozini o‘qishadimi?
2-Yana shunday vaziyat bulib qolsa nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qishadi. Mabodo ayollardan boshqa janoza o‘quvchi bo‘lmasa, zimmalariga janoza namozini o‘qish farz bo‘ladi. Hattoki erkaklar bilan yonma-yon turib janoza o‘qishlari ham joiz. Boshqa farz namozlarida yonma-yon turib bir imomga iqtido qilib o‘qishsa, ikkisining ham namozi buziladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 282 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar