Oilaviy mojaro

Assalomu alaykum! Allohim xayrli ishlaringizni ajrini ziyoda qilsin.
1). Er, ayolidan pul qizg‘onishi to‘g‘rimi? Erning topishi judayam yaxshi, ayol o‘z ehtiyojlari uchun nafaqa so‘ramaydi, hech qaerda ishlamaydi. Lekin oziq-ovqat va kiyim bilan to‘liq ta’minlangan.
2). Avvalroq er o‘z xohishi bilan bergan pullarini, vaqt o‘tishi bilan “noroziman” deb aytishga haqlimi? Bu pullar eb-ichish uchun berilgan bo‘lsa.
3). “Mana shu ishni qilsangi shu narsani olib beraman” deb, keyin pul qizg‘ongani uchun olib bermasligi to‘g‘rimi? Boshka sababi yo‘q, faqat pul qizg‘onish.
4). Ayol o‘z ehtiyoji uchun pul so‘rashga haqlimi yoki eb-ichgani va kiyintirgani hisobmi? Javoblar uchun oldindan rahmat. Beodoblik qilgan bo‘sam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz faqat bir tarafning masalasini so‘ragansiz. Masalaning ikkinchi tarafi ham bo‘lib, savolga to‘g‘ri javob berish uchun ikkinchi tarafni ham eshitish shart bo‘ladi. Shariatimizda bu kabi ikki va undan ko‘p odamlar orasida bo‘lgan ishlarni ikki tarafning guvohligida va jonli majlisda ko‘rish kerak. Yaqiningizdagi biror ahli ilmga murojaat qilinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar