Masjid qurulishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni ota-onam chet elda choyxona ochishadi. U erda halol bo‘lmagan mahsulotlar (sipirtli ichimliklar, tamaki, cho‘chqa va basmalasiz so‘yilgan mol va tovuq go‘shtlari) ham sotiladi. Bu narsalarni sotishdan qaytara olmay, sizlardan duo umididaman. Topgan mollori hammasi haromga aylanadimi? Agar aylanmasa bu moldan masjid qurulishiga yordam bersa bo‘ladimi? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masjid qurulishiga yordam bersa bo‘lmaydi. " إذا كان غالب مال المهدي حلالا فلا بأس بقبول هديته وأكل ماله ، ما لم يتبين أنه من حرام ، وإن كان غالب ماله الحرام لا يقبلها ، ولا يأكل إلا إذا قال : إنه حلال ورثه أو استقرضه " انتهى من " الأشباه والنظائر " Agar hadya qiluvchining molining ko‘pi haloldan bo‘lsa, u bergan hadyani qabul qilish va molidan eyish joiz. Modomiki bergan hadiyasi, edirgan moli ayni haromdan ekanligi ma’lum bo‘lmasa. Agar molining ko‘p qismi haromdan bo‘lsa, uni qabul qham qilmaydi, molidan emaydi ham. Mabodo berayotganini haloldan meros olganini yoki qarzga olanini aytsa, qabul qilsa bo‘ladi. (Al-Ashboh vannazooir). Masjid kabi joylarga molining eng pokiza va shubha aralashmaganidan sarflash kerak. Uning katta-kichik yoki oz-ko‘pligiga qaramaslik kerak. حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مُنِيرٍ سَمِعَ أَبَا النَّضْرِ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ - هُوَ ابْنُ عَبْدِ اللهِ بْنِ دِينَارٍ -، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «مَنْ تَصَدَّقَ بِعَدْلِ تَمْرَةٍ مِنْ كَسْبٍ طَيِّبٍ - وَلَا يَقْبَلُ اللهُ إِلَّا الطَّيِّبَ - وَإِنَّ اللهَ يَتَقَبَّلُهَا بِيَمِينِهِ، ثُمَّ يُرَبِّيهَا لِصَاحِبِهِ كَمَا يُرَبِّي أَحَدُكُمْ فَلُوَّهُ حَتَّى تَكُونَ مِثْلَ الْجَبَلِ». تَابَعَهُ سُلَيْمَانُ عَنِ ابْنِ دِينَارٍ. طرفه: 7430 - تحفة: 12819 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim halol (kasbdan) topganidan bir dona xurmo miqdoricha sadaqa qilsa – holbuki, Alloh faqat halolini qabul qiladi – Alloh uni o‘ngi bilan qabul qiladi. So‘ngra uni egasi uchun xuddi biringiz o‘z toychog‘ini o‘stirganidek o‘stiradi, hatto u tog‘dek bo‘lib ketadi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar