O‘tirish

Assalomu alaykum! Ko‘p yoshi katta odamlar qo‘liga suyanib erda o‘tirishlikni, ya’ni tiyanib o‘tirishlikni yaxshi emas deyishadi. Bu bid’atmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chap qo‘lga suyanib o‘tirish joiz emas. عن ابن عمر رضي الله عنهما أنه رأى رجلا يتكئ على يده اليسرى ، وهو قاعد في الصلاة فقال له : " لا تجلس هكذا فإن هكذا يجلس الذين يعذبون. "رواه ابو داود Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:U kishi namozda o‘tirib chap qo‘liga suyangan kishini ko‘rib, unga : “Bunday o‘tirma. Chunki azobga duchor bo‘luvchilar shunday o‘tiradilar” dedi. Abu Dovud rivoyati.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar