To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating

Assalomu alaykum! Men toshkentda o‘qiydigan bir talabaman. Meni yangamni ukasi mendan toshkentdan telefon sotib olib kelib berishimni iltimos qildi, men o‘z hisobimdan 520 ming so‘m sarflab unga yangi telefon olib keldim, lekin telefon markasi unga yoqmadi ya’ni qalbaki telefon ekan. Telefonni sotib olishimdan oldin sotuvchi sotilgan buyumlar qaytib olinmaydi deb tushuntirgan edi. E’tiborsizlik qilib yaxshi telefon ololmadim. Yangamni ukasi mendan norozi bo‘ldi va istar istamas 400 ming so‘m berib telefonni olib ketti, men juda hijolat bo‘lib qoldim. keyinchalik bilsam u o‘sha telefonni opchasiga ya’ni yangamga berib yuborgan ekan kerak emas ishlatmayman deb. Shu masalada men nima qilishim to‘g‘ri bo‘ladi,  chunki u 20 yoshlardagi bola 10 kun tinim bilmay ishlab telefon uchun menga 400 ming bersayu men olib bergan telefonni ishlatmasa, to‘g‘ri bu erda men ham  ancha pulga tushib qolgan bo‘lardim agar u menga pul bermaganda.Bu ishlarga ancha bo‘ldi lekin ko‘nglim notinch nima qilsam hammasini to‘g‘irlashim mumkin? O‘zimni aybdordek his qilyapman. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Telefonni olmaslikka haqqi bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar