Aqiyda va tabobat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim shundan iboratki, ba’zida yosh bolalar isitmasi tushmay, do‘xtirlarni ukol dorilari samara bermaydi. Shunda ba’zi do‘xtirlarning o‘zlari bolalarni dimog‘-burun yo‘liga tiqilib qolgan olmapustlog‘i, semichka po‘chogi va shu kabi narsalarni burundan puflab chiqaruvchi xalq tilida «ilgir» deb ataluvchi xalq tabobati vakiliga borishni tavsiya qilishadi. Masalan Qatortol ko‘chasida yashaydigan (ismi yodimda yo‘q) ilgir. O‘sha ilgirga bolani oborish durustmi?
Izlash xizmatidan foydalanib, oldin shu mavzuda berilgan savol javoblarni o‘qiganimda tushundimki, boshqa ilgirlar sehr jodu, duolarni bartaraf qilamiz deb, aqidaga zid ishlar bilan shug‘ullanishar ekan. Lekin men yuqorida aytayotgan «ilgir» sehr, folbinlikka o‘xshash xech qanaqa amal qilmaydiku, bilim tajribaga asoslanib tiqilib qolgan narsani puflab chiqaradi xolosku! Masalan, tajribali do‘xtir yoki tabib tomirni ushlab ko‘rib, kasallik tashxisini qo‘ygandek.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Va alaykum assalom! Tajriba orqali manfaati etayotgan bo‘lsa, unga murojaat qilishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 221 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar