Uchaskaga zakot berikadimi
Assalamu alaykum.Men, hujjati yöq, yaqinda buzilib, yölga tushib ketadigan, buzilsa ham davlatdan pul ajratilmaydigan uyda yashayapman. Özimni 4yildan beri uy qurib yashayman degan uchaskam bor. Orada bir, agar yahshi narhga kirsa, sotmoqchi ham bölganman. Hozir esa, aniq sotmoqchiman. Sotsam ham, haligi hujjati yöq uyimdan boshqa uyim yöq. Har vaqt, uyim buzilib, boshqa uy olishga majbur bölib qolishim mumkin. Ammo, uyim buzilguncha pulni savdoda aylantirmoqchiman. 1-Shu uchastkaga, sotmoqchi bölgan kunimdan zakot hisoblaymanmi yoki sotilgan kunidanmi.2-Sota olmasam ham zakot beramanmi?Ming bor uzr, bitta savolni uzviy davomi bölgani uchun ikkinchisini ham yozdim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sotmoqchi bo‘lgan kundan bir yil o‘tishi ila zakot vojib bo‘ladi. Agar boshqa narsalardan zakot berib yurilgan bo‘lsa, zakot berish vaqti kelganda, uyning narxni ham qo‘shib hisoblanadi. Sotish niyatidan qaytgandan keyingina zakot berish to‘xtatiladi.
3 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 156 | Zakot