Riyokorlar vodiysi
Assalomu alaykum! «Do‘zaxda bir vodiy bor ekan. Uning shunchalik daxshatliligidan uni quriqlaydigan farishtalar Allohdan panoh tilar ekan. U riyokorlarni jazolaydigan vodiy ekan». Shunday hadis kelganmi? Bir kishidan eshitdim faqat to‘liq emas edi. Agar iloji bo‘lsa to‘liqroq shu haqida ma’lumot bersangizlar. Izlash xizmatidan topa olmadim. Qilayotgan yaxshiliklaringizdan Allohim rozi bo‘lsin. Ustozlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبُو هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: تَعَوَّذُوا بِاللهِ مِنْ جُبِّ الْحَزَنِ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا جُبُّ الْحَزَنِ، قَالَ: وَادٍ فِي جَهَنَّمَ تَتَعَوَّذُ مِنْهُ جَهَنَّمُ كُلَّ يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ، قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَنْ يَدْخُلُهُ؟ قَالَ: الْقُرَّاءُ الْمُرَاءُونَ بِأَعْمَالِهِمْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolodan Jubbul Hazandan saqlashini so‘ranglar», dedilar. Odamlar:
«Ey Allohning Rasuli, Jubbul Hazan nimadir?» dedilar.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Jubbul Hazan jahannamdagi bir vodiy bo‘lib, undan jahannam (qo‘riqchilari) ham har kuni yuz marta panoh so‘raydilar», dedilar.
Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, unga kimlar kiradilar?» deyishdi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Amallari ila riyo qiluvchi qorilar», dedilar».
Sharh: Ushbu hadis ham Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinmoqda.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bu hadisi shariflarida ayniqsa riyo ko‘proq sodir bo‘lish ehtimoli bor bo‘lgan sohada ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqdalar.
Qur’on – Allohning kalomi. Qur’on o‘qigan odamga ulkan martabalar, cheksiz ajru savoblar va’da qilingan. Musulmonlar qalbida Qur’oni Karimning alohida o‘rni, hurmati, e’zozi bor. Shuning uchun Qur’oni Karimga tegishli bo‘lgan har bir narsa musulmonlar ommasi tomonidan alohida e’zozlanadi, hurmat qilinadi. Ba’zi kishilar ana o‘sha narsaga berilib, Qur’on o‘qish Alloh uchun bo‘lishi zarurligini unutib qo‘yadilar va riyokorlikka o‘tib qoladilar.
Hadisi sharifda ana shu xatoning oqibati qanchalar yomon bo‘lishi aytilmoqda. Lekin bu narsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmay, avval eshituvchi ushbu ma’noni to‘lig‘icha qabul qilishga tayyorlanmoqda. So‘zning boshida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolodan Jubbul Hazandan saqlashini so‘ranglar», dedilar».
Agar «Jubbul Hazan»ni so‘zma-so‘z tarjima qiladigan bo‘lsak, «Xafalik qudug‘i», deyishimiz mumkin. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarga nasihat qilib, Jubbul Hazanning yomonligidan Alloh taoloning O‘zidan panoh so‘rashni tavsiya etmoqdalar. Jubbul Hazan unchalik ma’lum va mashhur emas ekan. Uning nimaligini sahobai kiromlar ham bilmas ekanlar. Shuning uchun:
«Ey Allohning Rasuli, Jubbul Hazan nimadir?» dedilar».
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu savolga qisqa javob berdilar.
«U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Jubbul Hazan jahannamdagi bir vodiy bo‘lib, undan jahannam (qo‘riqchilari) ham har kuni yuz marta panoh so‘raydilar», dedilar».
Ma’lumki, jahannam qo‘riqchilari kuchli, qo‘pol, shafqatsiz farishtalar bo‘lib, jahannamiylarni azoblash va shunga o‘xshash jahannamga taalluqli bo‘lgan boshqa ishlarni bajarib yuradilar. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ular uncha-muncha narsadan ta’sirlanmaydilar ham, qo‘rqmaydilar ham. Ammo Jubbul Hazan shunday dahshatli va qo‘rqinchli narsa ekanki, uning qo‘rqinchlaridan o‘sha jahannam qo‘riqchisi bo‘lmish farishtalar ham hayiqib, Alloh taolodan har kuni yuz marta panoh so‘rab turar ekanlar. Bu javobdan Jubbul Hazanning nima ekanligi ma’lum bo‘ladi. Undan panoh so‘rash lozimligi yana ham ravshanlashadi. Shu bilan birga, unga kim kirishi mumkinligi haqida savol paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham:
«Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, unga kimlar kiradilar?» dedilar».
Asl maqsad ham shuni aytish edi. Endi ayni haqiyqatni bildirish payti kelgan edi:
«U zot sollallohu alayhi vasallam: «Amallari ila riyo qiluvchi qorilar», dedilar».
Demak, Jubbul Hazanga Qur’onni Alloh uchun emas, odamlar maqtashlari uchun, falonchi yaxshi qori, Qur’onni yaxshi o‘qiydi, unday qiladi, bunday qiladi, deyishlari uchun o‘qiydigan qorilar kiradilar!
Qarang, Allohning kalomi ixlos bilan emas, riyokorlik uchun o‘qilsa, qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin ekan.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Jahannamda Jubbul Hazan nomli vodiy borligi.
2. Jubbul Hazanga tushishdan Allohdan panoh so‘rash lozimligi.
3. Jahannamga xizmatkor qilib qo‘yilgan farishtalar ham har kuni yuz marta Jubbul Hazanga tushishdan saqlashini Alloh taolodan so‘rab turishlari.
4. Bir narsani eshitganda nimaligini bilmasa, so‘rab olish joizligi.
5. Jahannamga, undagi ba’zi ma’lum joylarga kimlar kirishi to‘g‘risida ham savol berish joizligi.
6. Jahannamdagi Jubbul Hazan vodiysiga riyokor qorilar kirishi.
7. Riyokorlikning nihoyatda yomonligi.
Ilgari bilmagan bo‘lsak, endi bildik. Ushbu hadisga darhol amal qilishga o‘tishimiz, Qur’onni faqat Allohning roziligi uchungina o‘qimog‘imiz lozim. Qur’on o‘qishdagi riyokorlikning oqibati shunchalar bo‘lsa, boshqa amallardagi riyokorlikning oqibati qanday ekan? (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:53 | Savol-javoblar | 142 | Hadislar