Sunnat amalmi?
Assalomu alaykum! Men uylanish arafasida turgan yigitman. Menga Nikoh va Oila kitoblarini dasturlarini o‘qishni tavsiya qilishti. Ularni o‘qir ekanman bir hadis e’tiborimni tortdi: Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ba’zi sahobalarga vasiyat qilib dedilar: Qachonki, yangi olgan xotining uyinga kelsa, o‘tirgan zamonida oyog‘idagi mahsisini echib ol. Ikki oyog‘ini yuv, oyog‘idan musta’mal bo‘lib tushgan suvni uyning eshigiga (ostonasiga)va (to‘rt) burchagiga sep. Shunday qilsang Xudoi taolo sening hovlingdan etmish xil faqirlikni chiqargay va etmish xil g‘aniylikni (boylikni) kirgizgay. Va etmish rahmatni senga nozil qilgay u rahmat jufting ustida tebranib turgay, toki u rahmatning barakasi uyingning barcha burchaklariga etgay va u xotin, har qachonkim shu hovlida bo‘lsa jinni bo‘lmoqdan va maxov bo‘lmoqdan va pes bo‘lmoqdan omon bo‘lgay»». Bu amal sunnat hisoblanadimi? Sizlardan iltimos javobingizni zikr ahlidan so‘rang kanaliga yuborsangiz. Ko‘p uylanganlardan so‘radim hammasi bu amalni qilmaganini va xabari yo‘qligini aytishdi. Kanalingizda uylanish arafasida turganlar ham kam emas. Bu sunnat amal bo‘lsa o‘qib amal qiluvchilardan bo‘laylik. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! – Kuyov kelinning oldiga birinchi bor kirishida xursandlik, ochiq chehra va muloyimlik bilan kirishi kerakligi kitoblarimizda tavsiya qilingan. Chunki kelin his-hayajonda, xavfda, xijolat va o‘zgacha holatda turadi. Kuyov «bismillah»ni aytib, o‘ng oyoq bilan salom berib kiradi. So‘ngra kelinning peshonasiga qo‘lini qo‘yib turib, quyidagi rivoyatda kelgan duoni o‘qiydi. عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ إِذَا تَزَوَّجَ أَحَدُكُمُ امْرَأَةً أَوِ اشْتَرَى خَادِمًا فَلْيَقُلِ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَمِنْ شَرِّ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيّ Amr ibn Shu’aybdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilishadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qachonki birortangiz biror ayolga uylansa yoki xodim sotib olsa, «Allohumma! Inniy as’aluka xoyro’a va xoyra maa jabaltahu alay’i va a’uuzubika min sharri’a va min sharri maa jabaltahu alay’i», – desin». Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Duoning ma’nosi: «Allohim! Sendan uning yaxshiligini va Sen unga bergan jibilliyat – axloqning yaxshisini so‘rayman. Hamda sendan uning sharridan va Sen unga bergan jibilliyat – axloqning yomonidan panoh so‘rayman». (“Baxtiyor oila” kitobidan). Bu mavzuda yuqoridagidan boshqa hadis kelmagan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:53 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar