Onaning merosi
Assalomu alaykum! Meros masalasidagi savollarimga “Hadis va Hayot” kitobining 12-juzi «Faroiz va vasiyatlar kitobi»dan javob qidirdim. Meros masalasi juda ham nozik masala ekan, kichik xatolik tufayli birovning haqqi boshqa kishiga o‘tib qolish ehtimoli katta bo‘lgani uchun sizlarga savol yo‘llayapman. Savol quyidagicha: Ona vafot etgandan so‘ng ortidan olti o‘g‘il, uch qiz qolsa, meros bir o‘g‘ilga ikki qiz hissasi bo‘yicha taqsimlanadimi yoki onaning aka-uka va boshqa yaqin qarindoshlariga ham ulush tegadimi?
Ota bir necha yil oldin vafot etganlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Meros bir o‘g‘ilga ikki qiz hissasi bo‘yicha taqsimlanadi. Onaning aka-uka va boshqa yaqin qarindoshlariga ulush tegmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:54 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush