Gunohkor bo‘ldimmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Bir masalada boshim qotgan. Bundan bir necha oy avval yaqinlar bilan suhbatlashib o‘tirgandik. Keyin ruhlar haqida gap chiqdi. Bir sherigimiz ruhlar bilan gaplashtiruvchi ayol borligi haqida gapirdi, men ham buni tasdiqladim. Ammo boshqa sherigim buni safsata deb aytdi, uni aytishicha inson olgandan keyin ruhi boshqa tanaga otarkan va shu tariqa inson qayta tug‘ilib bu hol davom etib ketaverarkan. Men unga siz oxiratga yani(jannat va do‘zax)ga ishonasizmi dedim, u bo‘lsa uni inkor etdi. Uni fikricha bu dunyoda yaxshi yashasang jannating shu, agar yomon yashasang bu do‘zaxing, hech kim u dunyoga borib kelmaganini aytdi, u ochiqchasiga Allohga kufr keltirdi, lekin o‘zini Allohga yaqin mo‘min bandaman deb biladi. Unda kibrdan boshqa narsa yo‘q. Meni esa ilmim ozlik qildi, u bilan tortishmadim. Endi bu savolni unga men berganim uchun gunohkor bo‘lib qoldimmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U dunyoga hech kim borib kelmagan – degan gap noto‘g‘ridir. Me’roj kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga jannat ham, do‘zax ham ko‘rsatilgan. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/40616

26 May 2022, 12:54 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar