Valyutalar ayriboshlash

Assalomu alaykum! Savolim quyidagicha: Men so‘mni dirhamga almashtirib, so‘ngra dirhamni dollarga ayriboshlagan holda O‘zbekistonga kelib mazkur dollarni o‘zbek so‘miga qayta ayriboshlash orqali oladigan foydam ribo hisoblanadimi? savollar.islom.uz saytini izlab, shu kabi savolga olgan eng yaqin javobim quyidagicha bo‘ldi:
Assalomu alaykum xurmatli Shayx Hazratlari! Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Xozirda bankdan 1000 dollar 1 870 000 sumga olinsa va uni shu kunnning o‘zida bozorga olib chiqib, bozor narxida 1000 dollarni 2 870 000 so‘mga almashtirildi. Bank bilan bozor o‘rtasida dollarning farqi bo‘lganligi sababli 1 mln so‘m foyda olindi. Shu ribo hisoblanadimi?
Javob:— Yo‘q.
Mening holatimda uch xil valyuta ishtrok etmoqda. Shubhali bo‘lib qolmasligi uchun savol bilan murojaat qilmoqdaman, javobingizdan umidvorman. Xudo yordamchi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hazrat(rahimahulloh)ning javoblari sizga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:55 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar