Surunkali gastritda ro‘za tutish mumkunmi?

Assalomu alaykum! Yoshim 35 da. Surunkali gastritim bor. Davolanganman. Lekin baribir ko‘p muddat och qolsam oshqozonim bezovta qilib, achishadi. Ruza tutaman, lekin oshqozonim achishadi va darrov yotib olaman. Yotib olsam og‘rig‘i o‘tib ketadi. Turib yursam biroz muddatdan keyin yana og‘riq boshlanadi. Ro‘za tutib, kuni bilan yotishim joizmi, yoki ro‘za tutishim to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ro‘za tutib kuni bilan yotishingizda shar’an mone’lik yo‘q. Namozlarni qoldirmaslik sharti bilan. Siz tezroq davolaning. Mutaxassis do‘xtirlar bilan maslahat qiling. Ro‘za tutib ko‘ring, agar tutolmaydigan bo‘lsangiz, boshqa qisqa kunlarda tutib berasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar