Seriallar haqida savol

Assalomu alaykum! Yaqindagina to‘xtatilgan Mahabhorat seriali haqida sizlarga savol kelib tushgan ekan. Bu serialni ko‘rganlar kofir hisoblanadimi deb shu savoldan keyin serial juda ham qiziq joyida to‘xtatildi. Agarda serial ko‘rsa kofir hisoblansa unda ichib mast holatda yurganlar kimlar. Nima mahabhorat boshqa din vakillariniki bo‘lgani uchun to‘xtatildimi? Nima uni ko‘rsak kofirmizmi? astavfirulloh. Ushbu serialni davomi qo‘yiladimi yoki yo‘qmi? Hamma savollarimga javob berasizlar degan umiddaman. Oldindan Rahmat sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz hech kimni kofirga chiqarganimiz yo‘q. Bizning gapimiz bilan to‘xtatilganini ham bilmaymiz. Biz musaffo va pokiza shariatimizning hukmini keltirib o‘tdik xolos. U filmga keladigan bo‘lsak, film bizning dinimiz, urf-odatimiz va milliy qadriyatlarimizga ziddir. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz u filmda besh aka-uka bir ayolga bir vaqtda tengdan, uylanishadi. Shuni o‘zimizga loyiq ko‘ramizmi? Ulardan ibrat olamizmi? U filmda aytilayotgan so‘zlar mo‘minlar uchun Robbisiga ozor etkazish hisoblanadi. Chunki unda maxluqotlarni ma’budlikda Alloh taologa tenglashtirish bor. حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ سُفْيَانَ قَالَ: حَدَّثَنِي الْأَعْمَشُ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنْ أَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ السُّلَمِيِّ، عَنْ أَبِي مُوسَى  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «لَيْسَ أَحَدٌ - أَوْ لَيْسَ شَيْءٌ - أَصْبَرَ عَلَى أَذًى سَمِعَهُ مِنَ اللهِ، إِنَّهُمْ لَيَدْعُونَ لَهُ وَلَدًا، وَإِنَّهُ لَيُعَافِيهِمْ وَيَرْزُقُهُمْ». طرفه: 7378 - تحفة: 9015 Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Eshitgan ozoriga Allohdan ko‘ra sabr qiladiganroq hech kim [yoki narsa] yo‘q. Ular U Zotga farzand nisbat berishadi, U Zot esa ularga ofiyat beradi va rizqlantiradi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 147 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar