6 oy birga yashamasa oraga taloq tushadimi

Assalomu alaykum! Turmush urtogim bilan 7 yil farzand kurish ilinjida kilmagan ishlarimiz kolmadi, Eko kilishni maslaxat berishganda, soglikka zararli asoratlari bulganligi tufayli kildirmadik, xozirda shu tufayli oilaviy majarolar kelib chikyapti, turmush urtogim bilan birga 2021 yilning dekabr oyining boshlaridan birga yashamayapmiz, meni uyimdigilar: buldi balkim boshka insonga turmushga chiksang farzandlik bularsan deganliklari uchun, turmush urtogimdan talok berishlarini suradim, ular talok beradigan ayolim yuk dedilar, men suramokchi bulgan savolim: kay tarzda bizni oramizga talok tushadi?, turmush urtogim menga uzlari ogizda talok demagunlaricha, bizni urtamizga talok tushmaydimi? Er va xotin 6 oy birga yashamasa oraga uz uzidan talok tushadi degan fikrlarni eshitib, sizlardan batafsil ma’lumot olish umididaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq degan gap yoki taloqqa dalolat qiladigan biror gap bo‘lmasa 100 yil birga yashamasa ham oraga o‘z-o‘zidan taloq tushmaydi. Boshqaga nikohlanishingiz uchun talog‘ingizni olishingiz va iddangizni to‘la o‘tirishingiz shart. Agar birga yashamoqchi bo‘lmasangiz eringizni majburlatib bo‘lsa ham talog‘ingizni olishingiz shart. Taloq olib, iddangizni to‘la o‘tirmasangiz keyingi nikoh hech qachon bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 228 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar