Kattalar xato qilganda

Assalomu alaykum!  Yoshim 24 da o‘zimizdan katta kishilar,  otaxonlar, ko‘chada va jamoat joylarida noto‘g‘ri ish qilsa, noto‘g‘ri gapirsa, biz yoshlar qanday yo‘l tutishimiz kerak? Noto‘g‘ri ishdan,  gapdan, kimlardur zarar ko‘rishlari mumkinku? Axir bizdan kichiklar ulardan o‘rnak olishlari mumkinku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir yoshi keksa kishi chala tahorat qildi. Uni ko‘rgan aka-uka unga tahoratni to‘liq tarzda ta’lim berishni iroda qilishdi va keksa kishining yoniga borib, aka-uka ikkisi to‘liq sunnatga muvofiq tahorat qilishlari haqida bahslashib qolganliklari va o‘sha keksani o‘rtada hakam bo‘lib berishini so‘rashdi. Birin ketin ikkisi ham farz, sunnat va mustahablarini o‘z o‘rniga qo‘yib tahorat olishdi va ikkisidan qaysi biri to‘g‘ri tahorat olganini so‘rashdi. Shunda keksa kishi, ikkisi ham tahoratni to‘g‘ri qilib, aksincha o‘zi xatoga yo‘l qo‘yganini aytdi. Qissachilar o‘sha ikki yigitdan birlari imom Hasan, ikkinchisi imom Husaynlar bo‘lganlarini aytishadi. Sanad ulamolaridan bu rivoyatni to‘qima deganlari ham bor. Maqsadimiz bu rivoyatni dalil qilish emas. Shunday yo‘l tutishni misol keltirish xolos. Kim shunday yo‘l tuta olsa, tutsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:01 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar