Zakot va sadaqa
Assalomu alaykum! Qayin-otam vafot etganlar, va qayin onam hozirda o‘zlari uch nafar farzdanlari bilan yashaydilar. O‘tgan yili Alloh roziligi uchun uy olishda ularga ozgina yordam bergan edim va ichida zakoti ham bor deb niyat qilgan edim. Lekin berilgan mablag o‘sha yilgi berishim kerak bo‘lgan zakot miqdoridan baland edi va kelajakdagi zakotni niyat qilmagan edim. Shu holatda, zakotdan tashqari ortiqcha berilgan mablag‘ sadaqa sifatida o‘tadimi? Yoki bu yilgi berishim mumkin bo‘lgan zakotni ham o‘sha berilgan mablag‘ bilan yana niyat qilsam bo‘ladimi? Agar bo‘lmasa, o‘sha mablag‘ni zakotdan tashqarisi sadaqayi joriya hisoblanishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sadaqai joriya bo‘lib qoladi. Zakotni ajratayotganda zakotligini niyat qilish kerak. Berib bo‘lgan narsasini zakot deyish kifoya qilmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat