Bolalar kiyimi

Assalomu alaykum! Erkak birinchi turmushidagi farzandlarini kiyimlarini ikkinchi turmushidagi farzandlariga farzandlaridan so‘ramasdan olib kelsa bo‘ladimi? Kichik bo‘lib qolgan kiyimlarini birinchi ayoli berib yuboradilar. Bu ishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu erda asosiy gap bolalarga kiyim va boshqa narsalarni mulk qilib berganligi yoki mulk qilib bermay vaqtincha kiyib va foydalanib turishga berganiga bog‘liq. Agar vaqtinchalik bergan bo‘lsa ota-ona xohlagan odamiga berishi mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar