Oshxonalarda ovqatlanish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ko‘cha va bozorlarda ovqatlanish gunoh ekan deb o‘qib qoldim. Bunda oshxonalarda va restoranlarda ovqatlanish nazarda tutilganmi yoki ochiq ko‘chalar nazarda tutilganmi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xalqimizda “Oshing halol bo‘lsa ko‘chada ich” degan maqol bor. Shariatimiz ham bundan qaytarmaydi. Lekin shu kunlarda ko‘chadagi oshxonalarga go‘sht tarqatadigan joylarda xalqqa kasallanib o‘lgan, Bismillah aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shtini sotayotganlar bor ekan. Shariat shunday go‘sht va undan tayyorlangan taomlarni eyishdan qaytargan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar