Ism qo‘yish borasida
Assalomu alaykum! Bolalarga chiroyli va ulg‘ayganda uyalmaydigan ism qo‘yish ota-onaning vazifasi. Savolim shundan iboratki, agar egizak o‘g‘il tug‘ilsa, unga albatta Hasan va Husan deb ism qo‘yish shartmi? Alloh nasib qilib egizak o‘g‘illi bo‘lsam Muhammadrahmonshox va Muhammadrahimshox deb ism qo‘yishni niyat qildim. Bobo va Buvilarim “Rahmon va Rahim Allohning 99 ismlaridan. Alloh ismlariga abdu yoki qul qo‘shimchasiz odamga murojaat qilish mumkin emas” deganlar. Yana bir savolim ushbu niyat qilib qo‘ymoqchi bo‘lgan ismlar dinimizning qoidalariga to‘g‘ri keladimi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egizaklarni Hasan yoki Husayn deb nomlash shart emas. Xohlagan ismingizni qo‘yishingiz mumkin. Muhammadrahmonshoxga kelsak, Rahmon sifati Allohga xos bo‘lib, biror kishini Rahmon deb nomlash va chaqirish umuman joiz emas. Abdurrohman deyiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:06 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush