Namozda tajvidsiz o‘qilgan Qur’on

Assalomu alaykum! Tajvid qoidalarini bilmasdan namoz o‘qigandan ko‘ra o‘qimagan yaxshirok deb eshitdim. Chunki bunda ma’nolar o‘zgarib bilmay shirk qilib qo‘yish mumkin ekan (Masalan :Ixlos surasida ) va Qur’onning o‘zi la’natlaydi. Hozircha menda tajvid qoidalarini o‘rganishga imkon yo‘q, bundan ko‘ra namozni qazo bo‘lgani yaxshimi? Namozimda shubha paydo bo‘ldi va “Ixlos” surasini o‘qimay qo‘ydim. Menga maslahat beringlar iltimos . Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz tajvid ilmini o‘rganishga imkoningiz bo‘lmasa ham, «Fotiha» va bir zam surani xatosiz o‘qishni o‘rganib olishingiz mumkin va zaruriydir. Buning uchun juda katta harakat kerak emas. Bu holat sizga namozlarni o‘qimay qazo qilib yurishingiz uchun sabab bo‘la olmaydi. Xatosiz inson bo‘lmaydi, xato qilmaslikka harakat qilish kerak. Buni bahona qilib yurish durust emas. Inson xatoni to‘g‘rilashga harakat qilar ekan, uzrli hisoblanadi va o‘qigan namozlari ham durust bo‘ladi. “Tajvid qoidalarini bilmasdan namoz o‘qigandan ko‘ra o‘qimagan yaxshiroq” degan gap, shayton va shaytonga o‘xshaganlarning gapidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 152 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar