Boshqa mazhabga taqlid qilish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Hanafiy mazhabida, chorasining ilojisi bo‘lmagan paytdagina boshqa mazhabga taqlid qilishga bo‘ladimi? bir odamdan «Hanafiy mazhabida tishga plomba qo‘yilgan bo‘lsa g‘usl o‘tmaydi, bunday vaziyatda faqat g‘usl olishdan avval Molikiy mazhabida g‘uls olishga niyat qilishing kerak” dedi. Bu gapi qanchalik asosli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalambor hanafiy mazhabida “tishga plomba qo‘yilgan bo‘lsa g‘usl o‘tmaydi” degan gap asossizdir. Mo‘min inson diniga aloqador biror gapni eshitganida uni sahihligini aniqlab olishi zarur. Plomba haqida quyidagi savol-javoblarni taqdim etamiz. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=19170.0;wap Boshqa mazhabga taqlid qilish uchun mazhablar orasidagi dalillarni ajrata oladigan darajada ilm egasi bo‘lishingiz kerak va bu ishni holat taqozosiga ko‘ra ulamolar hal qiladilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:17 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar