Qurbonik haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli va qadrli ustozlar, do‘stim qo‘lida naqd mablag‘i yo‘qligi uchun 2 yil ketma-ket qurbonlik qilmadi. Lekin do‘stimni 3000$ puli ikki kishida qarzda osilib turibdi. Qarzdorlar halol insonlar, unishiga ko‘zi etadi. Saytdagi savollardan bilishimizcha qo‘lida naqd puli yo‘q nisob egasi qarz olib qurbonlik qilsa bo‘lar ekan. Do‘stimni ikki yil qilmagan qurbonligi uchun nima qilishi kerak? Avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nisobga ega bo‘lib, moli birovlarda qarzda bo‘lgan kishi qurbonlik miqdorichasini olishi kerak. Bunday qilmagan bo‘lsa, ikki yillik uchun o‘rtacha ikki qo‘yning qiymatini sadaqa qilish zimmasiga vojib. Qoldirilgan qurbonlikni qurbonlik qilish bilan qazosi o‘talmaydi. Pulini sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar