Nafs tarbiyasi
Assalomu alaykum! Nafsni tarbiya qilishda eng yaxshi, oson va samarali yo‘l qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Badan dardga chalingani kabi ruh ham, nafs ham dardga chalinadi. Badanning muolajasini qiluvchilarni kimligi hammaga ma’lum. Nafsni tarbiya qiluvchilarning birinchisi Alloh taolodir. Muslim rivoyat qilgan hadisda : Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Allohim nafsimga taqvosini bergin va uni poklagin. Sen nafsni poklovchilarning eng yaxshisisan, Sen uning egasi va mavlosisan” deganlar. Keyingi o‘rinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdir. Alloh taolo “Juma” surasi 2-oyatida: هُوَ الَّذِي بَعَثَ فِي الْأُمِّيِّينَ رَسُولًا مِّنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِن كَانُوا مِن قَبْلُ لَفِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ U savodsizlarga ularning ichidan Uning oyatlarini o‘qib beradigan va ularni poklaydigan hamda ularga Kitobni va hikmatni o‘rgatadigan Rasulni yuborgan Zotdir. Holbuki, ular ilgari ochiq oydin zalolatda edilar.«...va ularni poklaydigan...» Ya’ni o‘sha Payg‘ambar ularni kufr va gunohlar botqog‘idan poklaydi. Ularning qalblarini, ruhlarini, vijdonlarini, muomalalarini, xullas, barcha-barcha taraflarini poklaydi(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahobalar qiroat, hadis, fiqh fanlarini olganlari kabi tazkiyatunnafs fanini ham ta’lim olganlar. Boshqa fanlar hozirgacha mutavotir darajadagi silsila bilan davom etib kelayotgan bo‘lsa, tazkiyatunnafs fani ham shunday shaklda davom etib kelmoqda. Ustozimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh ham shu silsilaning davomchilaridan edilar. Ruhiy tarbiyaning eng oson yo‘li Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan davom etib kelayotgan tarbiyachining muolajasida bo‘lish. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 145 | Ruhiy tarbiya