Mujizalar xakida

Assalomu alaykum! 1. Bir necha yillar oldin bir kitobda, mujizalar paygambarimiz Muxammad s.a.v davrlarida etarli bulgan va ulardan keyin mujizalar bulmaydi ma’nosida suzlarni ukigandim. Tulik matni yodimda yuk va ukigan manbaam ishonchlimi yukmi buni xam eslolmadim. Sizlardan iltimos shu xakda tulik ma’lumot bersangiz. 2. Xozirgi kundagi mujizalar xakida nima deysiz. Masalan mevalarda yoki biron jonzotlar tanasida alloxni nomi yozilgani xakida. Yoki shu kunlarda Rossiya yangiliklarida yoritilgan chakalok tanasidagi suralardan satrlar paydo bulishi xakidagi gaplarga ishonish mumkinmi? 3. Shu narsalarga ishonmaslik gunoxmi. Men doim shubxada bulaman. Odamlar uyushtirgan digan fikr doim xayolimda buladi. Bu xam gunoxmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mo‘jiza deb Payg‘ambar alayhimussalomlardan odatdan tashqari sodir bo‘ladigan ishlarga aytiladi. O‘sha ishlar payg‘ambarlardan boshqa valiylardan sodir bo‘lsa karomat deyiladi. Fosiq va fojirlardan sodir bo‘lsa istidroj(g‘ururga ketkazib, asta-asta do‘zaxning eng tubiga joylashtiruvchi) deyiladi. Alloh tarafidan sodir bo‘ladigan har bir ishni Alloh qudratining karashmasi deyiladi. Siz aytgan holatlarning aksariyatida keyinroq notug‘riligi ma’lum bo‘lib qoladi. Shuning uchun bu narsalarga bog‘lanmaslik kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar