Pankreatin haqida

Assalamu alaykum! Kuni kecha saytda pankreatin dori vositalarining harom ekanligini o‘qigan edim. Hozirda bizda oshqozon va ichak kasalliklarida asosan(balkim mutlaq) shifokorlar shu pankreatin dorilari ishtirokida davolashadi. Balkim bularsiz iloj ham yo‘qdir(Allohu a’lam). Bunday holda nima qilish kerak? Keyin men avvalgi savollarda ulug‘ ustozmiz Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qaysidir kengashning fatvolarining tarjimasida(nomini eslayolmadim) “asli harom narsaning o‘zgartilishi va aslining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan dorimi yo boshqa bir mahsulot bo‘ladimi, pokiza bo‘ladi” degan joyini o‘qigan edim. Shunga asosan bu pankreatin cho‘chqa yoki yirik shohli mollarning ichki a’zosidan kimyoviy aralashma orqali tayyoralanadigan mahsulot asli o‘zgartirilganlar qatoriga kirmaydimi? Agar kirsa va shu fatvoga to‘g‘ri kelsa(ya’ni halol sanalsa) savol beruvchilardan iltimos qilaman, musulmon ummatini chalg‘itadigan savollar bermasdan savol berishgayam ilmiy yondoshinglar. Ya’ni savolni avval o‘rganib, chalg‘ituvchi savol bo‘lib qolmasligiga ishonch hosil qilingandan keyin beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Diyorimizda oshqozon va ichak kasalliklari uchun shubhasiz va pokiza dorilar ham ko‘p. Pankreotin dori vositalari vaqtincha og‘riqni to‘xtatib turishga saba bo‘lsa(odatda o‘zi shunday ham), mahalliy tabiblarimizda bu dardni butunlay yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladigan dorilar ham bor. Shaxsan o‘zimiz buni tajribada o‘tkazganmiz. Tarkibida harom narsa aralashgan dorilarga kelsak, shariat ularni o‘rnini bosuvchi dorilar bo‘lmasa va diyonatli tabib tavsiya qilsa iste’molini joiz degan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar