Gunohkor bo‘lamizmi?

Assalomu alaykum! Taroveh namozi Imom A’zam mazhabida sunnati muakkada deyilgan deyishdi. Mahallamizda o‘tgan yilda taroveh namozi o‘qilardi, bu yil o‘qilmayapti. Qishloq imomidan so‘rasak “shaharga boringlar” deydi. Shahar bizdan 6 km uzoqda joylashgan. Imkoni etadigani ham bor, butun mahalladan 5-6 kishi shaharga borib namoz o‘qib keladi. Biz ham borishimiz shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sunnati muakkadani ado qilish uchun masjidga borish shart emas. Uyda ham ado qilinaveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar