Niqoblanish haqida
Assalomu alaykum! Ayollarning niqoblanishi hanafiy mazhabida farz emas. Boshqa mazhablarda farz bo‘lsa ular bunga nimani dalil qilishadi? Mo‘mina onalarimiz niqoblanishganliklari to‘g‘risidagi rivoyatlar bo‘lsa bildirsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boshqa mazhablar quyidagi hadisni dalil qilib farz deyishadi: عَنْ عَلِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَا عَلِيُّ لَا تُتْبِعِ النَّظْرَةَ النَّظْرَةَ، فَإِنَّ لَكَ الْأُولَى وَلَيْسَتْ لَكَ الْآخِرَةُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ey Ali! Nazarga nazarni ergashtirma. Albatta, birinchisi sen uchun bezarar bo‘lsa ham, boshqasi unday emas», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Hanafiy mazhabida ham yuz avrat emas deyilgani uni ochib yurish yoki qarash mumkin degani emas. Yuqoridagi hadisga amal qilinadi. Avrat emasligiga esa oyatdan hujjat bo‘lgani uchun farz emas deyilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar