AQSh fitnalari

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM Osmonlaru erni hikmat ila yaratgan, butun borliqni O‘z nuri ila yoritgan, tug‘magan va tug‘ilmagan barcha aybu nuqsonlardan pok Aliymu Xobiyr, G‘ofuru Rohiym bo‘lmish Alloh taologa Saltanatining kengligicha hamdu sanolar bo‘lsin! Odamzotning afzali, Nabiylarning xotami bo‘lmish sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga durudu salovotlar bo‘lsin! Faziylatli Shayx janoblari, Assalomu alaykum! Xozirgi kunga kelib Islom dushmanlarining asosiy markazlaridan biri AQSh ekanligi hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Islomga nisbatan uyushtirilayotgan fitnalarning aksariyati AQSh tomonidan rejalashtirilib, xomiylashtirilayotganligi ham barchaga ma’lum. Ijozatingiz bilan keyingi satrlarda AQSh va uning hamtovoqlari tomonidan Islomga qarshi uyushtirilayotgan kirdikorlarining ayrimlari haqida fikr yuritsak. Islomga qarshi fitnalarning navbatdagisi ham aynan AQSh sodir bo‘ldi. Bu ish AQSh davlat departamentining homiyligida amalga oshirildi. Ularnining aytishlaricha Qur’on hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan darajada eskirib qolganmish. Ular Qur’onni qaytadan ko‘rib chiqib, uni taxrir qilib, zamon talabiga javob beradigan «Yangi Qur’on» yozishganmish. Endi musilmonlar bu «Yangi Qur’on»ni namozlarida o‘qib, hayotlariga tatbiq qilib, Alloh nozil qilgan Qur’onga emas, ular yozgan «Yangi Qur’on»ga amal qilib yashashlari kerakmish. Noinsoflik, dushmanlik shunchalik ham bo‘ladimi? NyuYork shaxrida masiyxiylik diniga e’tiqod qiluvchi bir “arbob” esa, agar NyuYor shaxrida masjid qurilishi boshlansa, Qur’ondan gulxan yoqmoqchi ekanligini ta’kidlab, dunyoni boshiga ko‘tarmoqda. Bu nima degan gap? Bu axmoqliklarni chegarasi bormi? AQShning Iroqdagi xarbiylari avtomatdan otishni mashq qilishdagi nishon ustunlarga Qur’oni Karimni ilib qo‘yib uni taxqirlab, unga qarata o‘q uzib mashq qilayotganlari ham ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etildi. Bu qabixliklarcha chidab bo‘ladimi? Umaman olganda, ohirgi yillarda bo‘lib o‘tayotgan voqea hodisalarga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, urish va qirg‘inlarning barchasi ekstremizm, diniy radikalizm, fundamentalizm va terrorizmga qarshi kurash shiorlari ostida bo‘lmoqda. Bu muammo haqida juda ko‘p gapirilmoqda, maqolalar chop etilib, turli ko‘rsatuvlar namoish etilmoqda. BMTga a’zo davlatlar ishtirokida bu illatlarga qarshi kurashish, uni tag tomiri bilan sug‘irib tashlashga oid majlislar bo‘lmoqda. Bu yaxshi ish, albatta. Ammo, bu tashviqotlardagi hatarli narsa AQSh va g‘arbiy evropa davatlari tomonidan bu illatlarning aosiy sababchisi Islom deb talqin qilinishidir. Ularnig bu talqinlardan asosiy maqsadlari boshqa din vakillari va butun insoniyat fikrini Islomga qarshi shakillantirishdan iborat. Chunki, «radikalizm», «ekstremizm», «terrorizm» degan tushunchalar aslida o‘zi nima? «terrorchi» deganda kimni tushunish kerak? «terrorizm» degani din yoki millat tanlaydimi? Ekstremistik harakatlar albatta dinga bog‘liq bo‘lishi shartmi? Kabi ko‘plab savollar borki, aynan AQSh va g‘arbiy evropa davlatlari bu savollarni muhokama qilishni umuman xohlashmaydi. To‘g‘ri, ko‘plab o‘lkalarda turli guruhlar tomonidan kishilarga nisbatan hujurlar va qotilliklar bo‘lib turganini xech kim inkor qila olmaydi. Bu firqalar ichida musilmonlar sonini ko‘pligi vaziyatni yanada keskinlashtirib yubormoqda. Ammo, Islom dushmanlari «Nima uchun bir necha yo‘ldan ozgan toifalarni qilayotgan ishlari uchun butun Islom dunyosi aybdor bo‘lishi kerak?», «Nima uchun ularni qilg‘iliqlari uchun musilmonlar ommasi javob berishi kerak?» degan ko‘plab savollarni muxokama qilish u yoqda tursin, eshitishni ham hohlashmayapdi. Chunki, bu kabi savollar o‘rtaga tashlansa, «Ana o‘sha jangarilarning o‘zi kim?», «Islomning sof ta’limotlaridan xabarlari bormi?», «Ular qachon va qaerda tashkil topgan?», «Qurol yarog‘larni qaerdan olishmoqda?», «Ularni kim moliyalashtirib turibdi?» degan savollarga ham javob topish kerak bo‘ladi. Bu esa, Islom dushmanlarining o‘ylagan rejalariga to‘g‘ri kelmaydi. Agar ish shu zailda jiddiylashsa, o‘sha firqalarni aksariyati Islom dushmanlaring o‘zlari tomonidan moliyalashtirilib turilganligi fosh bo‘lishi turgan gap... Ana shuning uchun ham, Islom dushmanlari teskari hujum yo‘lini tutishmoqda. Ular, turli telekanallar va barcha ommaviy axborot vositalari orqali ko‘plab musilmon o‘lkalarni va katta shirkatlarni terrorchilarni moliyalashtirishda, ularni himoya qilish, qo‘llab-quvvatlashda ayblay boshlashdi. Bu fikrlarini isbotlash uchun ayrim musilmon o‘lkalarda bo‘layotgan turli ichki nizolar, ixtiloflar va ko‘pgiga firqalarning qilayotgan xunrezliklaridan «dalil» sifatida foydalanishmoqda. Mana bir misol. Bir necha yil ilgari AQSh maxsus idoralari tomonidan odamlarni sarosimaga solish, keng jamoatchilik ichida qo‘rquv uyg‘otish maqsadida: «Olib borilgan maxfiy izlanishlar natijasida Iroqda odamlarni yoppasiga qiruvchi ximiyaviy qurol mavjud. Iroq uni qo‘llashni rejalashtirmoqda», degan vaj bilan odamlarni ko‘rqita boshladi. Ular nima qilib bo‘lsada, keng jamoatchilik fikrini Islomga va musilmonlarga qarshi kayfitda bo‘lishga intilishdi. «O‘xshashlik»ni qarang-ki, ayni kunlarda Iroqqa xujm qilishni rejalashtirib turgan AQSh o‘z kirdikorlarini xas-po‘shlash uchun: «Iroqda atom quroli ishlab chiqarilmoqda. Agar ularni bu ishlarini to‘xtatishga majbur etilmasa, ular ko‘p davlatlarga urish e’lon qilishlari mumkin», degan cho‘pchakni o‘ylab topishdi. Shu o‘rinda takidlash kerakki, Uran moddasini boyitish bo‘yicha dunyodagi etakchi mutaxassilarning rasmiy xulosalariga ko‘ra, Iroqda atom quroli bo‘lishi aslo mumkin emas. Chunki, uran moddasini tegishli foizda boyitish uchun Iroq xukumati kamida yana 20 yil xarakat qilishi kerakligi ta’kidlangan. AQSh rasmiylari esa, bu xulosalarni qabul qilishni va eshitishni xohlamayapdi ham. Nima uchunligi esa, xammaga ma’lum bo‘lsa kerak... Shu o‘rinda 2001 yil 11-sentyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tgan voqea xodisalar haqida ham ayrim faktlarni keltirishga ijozat bersangiz. To‘g‘ri, bu terorchilik xarakati butun insoniyatni sarosimaga solib qo‘ydi. AQSh rasmiylari tomonidan bu terrorchilikda aosan musilmon davlatlarning fuqarolari ishtirok etganligi e’lon qilindi. Ba’zi bir noinsof sharqsunoslarning o‘ylamay gapirgan gaplari, yuqori minbarlardan turib qilgan ma’ruzalari oqibatida musilmonlar terrorchiga chiqarildi. Odamlarni sarosima xolatidan foydalangan AQSh va g‘arbiy evropa rasmiylari zudlik bilan Afg‘oniston va Iroq xududiga o‘z xarbiy kuchlarini kiritishdi. Bu erlarda bo‘lgan qirg‘in-barotlar natijada necha minglab tinch axoli qurbon bo‘lib, oilalar vayron bo‘ldi. Musilmonlarning qoni to‘kildi, mol-mulklari nobud bo‘ldi. Iroqqa «odamlarni qirg‘inga uchratuvchi ximiyaviy qurol»ni topish uchun xarbiy yurish qilgan AQSh va evropa vakillari «ximiyaviy qurol» bir chetta qolib ketib Iroqdagi neft zaxiralarini egallash, ularni bo‘lib olish bilan mashg‘ul bo‘lib ketishdi. Bora-bora bu erga qanday vaj bilan kelganliklari eslaridan chiqib ketdi. Nihoyat oradan uch yil o‘tgandan keyin, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari qistovi bilan; «Iroqda hech qanday ximiyaviy qurol yo‘q ekan» degan haqiqatni tan olishga majbur bo‘lishdi. Ho‘sh, unday bo‘lsa Iroq xududiga nima uchun bostirib kirishdi? Nima uchun minglab kishilarning qoni to‘kildi? Nima ular xohlagan ishlari qilib ketaverishadimi? Bu kabi savollarga esa hech kim javob bergani yo‘q. Ho‘sh, ularning maqsadlari nima edi? Shu kabi savollarga javob berish uchun xozirgi kunda Iroqdagi er osti boyliklari qaysi davlat kompaniyalari tomonidan qazib olinayotganiga nazar solishni o‘zi kifoya qiladi... Ayni kunlarda Liviya, Siriya, Yaman kabi ko‘plab neft zaxirasiga boy bo‘lgan yaqin sharq va shimoliy Afrika davlatlarida AQSh va Evropa davlatlari tomonidan go‘yoki «inson huquqlarini himoya qilish» deb nomlangan navbatdagi fitnalaridan ko‘zlagan asosiy maqsadlari nima ekanligigi ham kundek ravshan. Afg‘oniston xududida qariyb o‘ttiz yildan oshiq vaqt davom etayotgan urish natijasida necha minglab musilmonlarni qoni to‘kildi. Oilalar vayron bo‘ldi. Shuncha vaqt ichida tinchlik o‘rtatish o‘rniga aksincha, bu hudud terrorchi jangarilar va Islom ta’limotlariga zid bo‘lgan hudkushlar tayyorlovchi xarbiy poligonga aylantirildi. O‘zini «musilmon» qilib ko‘rsatayotgan, aslida musilmonlarga zarar etkazish uchun harakat qilayotgan bu hizblarning aksariyati shu erda harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotganlari ko‘pchilikka sir emas. Ho‘sh, bu jangari qotillarni kim tayyorlamoqda? Ularni qurol-yaroqlar bilan kimlar ta’minlamoqda? Bu Islom dushmanlarining ishi emasmi?! Agar AQSh harbiy kuchlari Afg‘oniston xududiga «tinchlik o‘rnatish» maqsadida kirib kelgan davrdan xozirgi kungacha bo‘lgan statistik ma’lumotlarga murojaat qilsak, bu xududda dastlabki davrga nisbatan qora dori va geroin moddalarini ishlab chiqarish 105 barobar oshganligini ko‘ramiz. Butun dunyo xamjamiyati XXI-vobosiga aylangan giyohvandlik va narkotrafikka qarshi kurashayotgan bir paytda, AQSh harbiylari nazorati ostida bo‘lgan Afg‘oniston xududda ishlab chiqarilayotgan geroin butun dunyoda tarqalayotgan geroinning 90 foizini tashkil etishiga nima deyish mumkin?! Faziylatli Shayx janoblari! Shu erga kelganda yana bir haqiqatni bayon etishga ijozat bersangiz.11.09.2001 yil AQShda bo‘lib o‘tgan harakatidan keyin jahondagi vaziyat tubdan o‘zgarib ketdi. AQSh hukmati tarafidan ayrim islom davlatlari, umuman Islom va musilmonlarga nisbatan oshkora adovatning kuchayishiga ham aynan o‘sha xarakatlar sabab bo‘ldi. Islomning sof ta’limotlarini targ‘ib qiluvchi har bir musilmon uchun bu juda ham og‘ir musiybat. Bu borada juda ko‘p ma’ruzalar, ko‘rsatuvlar va maqolalar chop etildi, turli fikrlar aytildi. Ammo, gap xozir bu haqda emas. Gap ana shu masalaning ikkinchi, ya’ni, ko‘pchilik gapirmaydigan tarafida... Ma’lumki, o‘sha terroristik xarakatni sodir etilish xolatlari, kelib chiqish sabablari, rejalashtirgan shaxs va ijrochilarini aniqlash va barcha xolatlarni diqqat bilan tekshirish uchun AQShda maxsus davlat komissiyasi tashkil etildi. Mazkur komisiya voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohlar, qidiruv-qutqaruv xodimlari, tayyoragoh ishchilari, maxsus ekspertlar so‘roq qilishgan. Voqea joyidagi barcha dalillar va qoldiqlari diqqat bilan tekshirilgan. Yuzlab ekspertiza va mutaxassislarning xulosalari olingan. Shundan so‘ng bo‘lib voqeani barcha tafsilotlarini bayon etuvchi ming betga yaqin axbort tayyorlanib keng jamoatchilikka taqdim etilildi. Axamiyatlisi shundaki, bu axborot boshqa yurt vakillaridan tashqari xatto, AQSh fuqarolarini taajubiga hamda noroziliklariga sabab bo‘ldi. Chunki, bu axborotda ko‘plab faktlar, zarur guvohlarning ko‘rsatmalari, nodir mutaxassislarning ekspertiza xulosalari va yana boshqa ko‘plab xolatlar umuman bayon etilmagan edi. Axborotning 30% maxfiylashtirilgan edi. AQSh hukumati taqdim etgan bu axborotda juda ko‘plab savollar javobsiz qolgan edi. Jumladan: –– Nima uchun AQSh mahsus kuchlari va razvedka idoralari bo‘lib o‘tishi taxmin qilingan terrorchilik harakati haqida xabardor bo‘lishiga qaramay, bunday xolatlarda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan maxsus choralardan birortasini ham ko‘rmagan? –– Nima sababdan tayyoralar olib qochilganligi va ular belgilangan yo‘nalishlarini o‘zgarganliklari haqida aerodispecherlar tomonidan axborot berilgan bo‘lishiga qaramay harbiy xavo kuchlari zaruriy choralarni ko‘rmagan? ––Ikki egzak binolarning qulashiga tayyoralarning kelib urilishi sabab bo‘lganmi yoki binoning pastki qavatlaridagi portlashlarmi? Xukumat axborotida aks ettirilmagan shu va boshqa shubhali xolatlar keng jamoatchilikni ayniqsa, falokatda xalok bo‘lgan odamlar yaqinlarini haqli noroziliklariga sabab bo‘ldi. Natijada maxsus ekspertlar ishtirokida mustaqil tekshiruv guruhi tashkil etishdi. Ushbu mustaqil guruh vakillari voqea joyida bo‘lgan guvohlar, qidiruv-qutqaruv xodimlari va ishga aloqadar mutaxasislarni so‘roq qilishdi. Ikki egzak binolarni loihalashtirish va qurilish ishida ishtirok etgan mutaxassislar, loihachilar, muxandis va quruvchilar qidirib topildi. Ularni fikrlari va ko‘rsatmalari tinglandi va ishga oid xulosalari olindi. Bino loihasi aosida uni kompyuterlashgan modeli ishlab chiqildi. Bu model asosida haqiqatdan ham binoga tayyora kelib urilsa, ular qulab tushishi mumkinmi? degan savollar qo‘yildi. Barcha xolatlar bo‘yicha ko‘plab eskpertizalar, tajribalar o‘tkazildi. Ularning natijasi bo‘yicha etuk mutaxassislarning xulosalari olindi. Bu o‘tkazilgan mustaqil tekshiruvning natijasi juda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ulardan ba’zilarini eslab o‘taylik. Mustaqil ekspertlar guruhi aniqlagan xolatlarga ko‘ra, Pentagon binosiga urilib portlab ketgan tayyora tag-tugi bilan yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa, u xolda terorchiga tegishli qog‘oz xujjatlarni qanday qilib saqlanib qolgani jumboq. Agar qog‘oz xujjatki saqlanib qolgan bo‘lsa, u xolda nima uchun tayyoraning titandan yasalgan qora qutisi saqlanib qolmagani yana bir jumboq. Egzak binolar loihasi va qurilish xujjatlari asosida olib borilgan tekshiruvlar va olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mazkur loiha asosida qurilgan bu kabi binolarga bir emas, xatto, bir necha tayyora kelib urilgan taqdirda ham qulab tushishi mumkin emasligi aniqlangan. Chunki, bu binolar aynan shu kabi xolatlar bo‘lishi mumkinligi hisobga olingan xolda loihashtirilgan ekan. Bundan tashqari, binolar erto‘la qismida joylashgan va uni ushlab turuvchi asosiy tayanch vazifasini bajaruvchi metal poydevorlarga ustiga qurilgan bo‘lib, binolarning qulab tushishi uchun poydevorlarga maxsus asboblar yordamida 45 gradus yo‘nalish bo‘yicha etkazilgan ziyonlar sabab bo‘lganligi aniqlangan. Natijada, binoning asosiy tayanch nuqtasiga futur etgan va bino o‘z og‘irligini ko‘ra olmay, birinchi qavat erto‘laga, ikkinchi qavat birinchi qavat ustiga va xokazo tarzda qulagan. Binolar poydevoriga bu kabi ziyon etkazish usuli asosan binolar zich joylashgan joylardagi eski qurilmalarni buzish ishlari bilan shug‘illanuvchi mutahassislar uchun yangilik emas. Xozirgi kunda ham binolarni vertikaliga buzishda bu usuldan juda keng foydalaniladi. Bu binolar poydevoriga ziyon etkazuvchi portlovchi moddalar qachon kim tomonidan o‘rnatilganligi noma’lum. Binolar qulashidan oldin bino ichida bo‘lgan guvohlar, qutqaruv xodimlarining aksariyati binolar qulashidan bir necha soniya oldin portlash tovushlarini eshitganliklarini bayon etishgan. Ammo, nima uchundir ularning bu qimmatli ko‘rsatmalari xukumat axborotida aks ettirilmagan. Xukumat komissiyasi portlash ovozini eshitgan guvohlarni so‘roq qilishgan bo‘lsada, ularning ko‘rsatmalari biron joyida ham zikr etishmagan. Egzak binolardan nariroqda joylashgan, xech qanday talofatga uchramagan ko‘p qavatli binoni o‘z-o‘zidan qulab tushish xolati tekshirilganda, mazkur bino ham avvalgi binolar singari asosiy tayanch poydevoriga zarar etkazish yo‘li bilan qulatilganligi ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, bu binoga hech qanday tayyora kelib urilmagan. Binoga tashqaridan biror ziyon etkazilmagan bo‘lsada, u o‘z-o‘zidan qulab tushgan. Ammo, nima uchudir hukumat komissiyasi axborotida bu binoning qulab tushishi va unga bog‘liq masala haqida bir og‘iz ham so‘z ochilmagan. Ana endi savol tug‘iladi. AQSh xukumatining mahsus komissiyasi taqdim etgan rasmiy axborotdagi ma’lumotlar haqiqat bo‘lsa, u xolda nima uchun komissiya tomonidan ko‘pgina asosiy savollarga, ayniqsa, AQSh xukumati uchun aniqlanishi zarur bo‘lgan savollarga javob berilmadi? Nima sababdan bo‘lib o‘tgan xolatlarni aniqlash uchun guvoh va mutahasislarning ko‘rsatmalaridan foydalanmay ular ishdan chetlashtirildi? Javob yo‘q. Demak, haqli ravishda navbatdagi savollarga o‘tamiz. Agar mustaqil ekspertlar, ahamiyat bering-a chetdan emas aynan AQSh ekspertlari tomonidan olib borilgan izlanishlar rost bo‘lsa, boring ana yarmini haqiqat deb olaylik. U xolda bu ishlarga musilmonlarni nima dahli bor? Shu ish baxonasida Iroqda, Afg‘onistonda va boshqa yurtlarda to‘kilgan musilmonlarning qonlari uchun kim javob beradi? Ularning zoe ketgan mol-mulklari, etim qolgan norasida go‘daklari, qarovsiz qolgan bevalari oldida kim hisob beradi? Ayni kunlarda yana o‘sha AQSh xukumati va G‘arbiy evropa tomonidan Iroq davlati atrofida olib borayotgan fitnalari natijasida boshlanishi mumkin bo‘lgan qonli urish oqibatida ham oddiy musilmonlar qurbon bo‘lishi turgan gap. Ularni qilayotgan bu xujumlari ayni terorchilik va ekstremizimni ayni o‘ziku. Go‘yoki, ular qanday yashash kerakligini «yaxshi bilishadi-yu» boshqalar ulardan o‘rganishi kerak. Bo‘yin sunmaganlarni esa, kuch ishlatish yo‘li bilan «tarbiyalash» siyosatini olib borishmoqda. Nima bu nobakorlar qilayotgan qabixliklari, qotilliklari uchun javob bermasdan suvdan quruq chiqib ketaverishadimi? Yana bir gap. Joriy yilning yanvar oyida er yuzida inson qo‘li bilan yaratilgan maskanlarning eng razil nuqtasi bo‘lmish, Guantanamo qamoqxonasi tashkil etilganligiga 10 yil to‘ldi. U erdagi qabixliklar, musilmonlarga nisbatan qiynoq va azoblarning eng vahshiyona usullarini qo‘llanilishi haqida juda ko‘p gapirildi. Xatto, BTM tomonidan inson xuquqlariga poy-mol qiluvchi bu qamoqxonani zudlik bilan yopish kerakligi to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi. AQSh xukumati esa bu qarorlarni nazariga ham olmadi. Qamoqxona qanday ishlayotgan bo‘lsa, o‘sha xolatda turibdi. U erda musilmonlarga nisbatan berilayotgan qiynoqlar ko‘paygan bo‘lsa ko‘paydiki, kamaymagani aniq.Evropa davlatlarining mustaqil ish yurituvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan AQShning mana shunday mahfiy qamoqxonalardan yana biri Polsha xududida ham tashkil etganligi, bu qamoqxonaga Afg‘onistonda ko‘lga olingan musilmonlar keltirilib, ularni azoblash va qiynash ishlari olib borililganligi fosh etildi. Ular keltirgan dalillari rad etib bo‘lmas darajada kuchli bo‘lganidan, Polsha rasmiylari; «Bu qamoqxona AQSh maxsus idoralari tomonidan tashkil etilganini, ammo, qamoqxonada kimlar saqlangani, u erda nima ishlar bo‘lib o‘tgani haqida xabarlari yo‘qligini» e’tirof etishdan boshqa choralari qolmadi. Kuni kecha Rossiyaning ommaviy axborot vositalari orqali efirga uzatilgan daxshatli voqeani ko‘rib nafratim qo‘zib ketdi. Efirda ko‘rsatilishicha, AQSh ning Afg‘oniston va Iroqdagi xarbiylari o‘zlari qatl etgan musilmonlarning jasadlari ustiga xojatlarini qondirayotganlarini mobil telefoniga suratga olishgan va bir birlariga maqtanish uchun ko‘rsatib yurishgan. Bu ifloslar bu ishlari bilan kifoyalanib qolmasdan, musilmonlar jasadi bo‘laklarga ajratib, xar bir bo‘lak oldida suratga tushishni o‘zlari uchun «faxr» deb xisoblaganlar. Bu tasvirlar dunyoning barcha ommaviy axborot vositalari orqali efirga uzatildi. Musilmonlar ziddiga arzimagan narsalardan «fil» yasashga odatlargan AQSh xukumati bu safar o‘z otaticha xarakat qilmadi. Rad etib bo‘lmas dalillar oldida chorasiz qolgan AQSh rasmiylari bu xolat bo‘yicha: «Suratda ko‘rsatilgan AQSh xarbiylarining shaxslari aniqlanganligini, xozirda ularga nisbatan tegishli tekshiruv ishlari boshlangan»ligini ma’lum qilish bilan kifoyalanishdi xolos... Ta’kidlash joizki, bu qabihliklarni barchasi inson xuquqlarini himoya qilish borasida bong urib, inson hayoti barcha narsadan ustun turadi, deb dunyoni boshlariga ko‘tarayotgan, o‘zlarini «insonparvar» qilib ko‘rsatayotgan davlatlar va ularning vakillari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shunday damlarda xayolga tolasan kishi: Nima Islom dushmanlarining bu qabixliklari javobsiz qolib ketaveradimi? Xech kim ularga lom, mim demasdan qilayotgan kirdikorlarini qult etib yutib ketaveramizmi? Bu kabi ishlarga keng jamoatchilik o‘z fikrini bildirmas ekan, ularning xar qanday jinoyatlari muqarrar jazo bilan jazolanmas ekan, AQSh va uning xamtovoqlari o‘z bilanlarini qilib, dunyoni jaxolat botqog‘iga botirishni davom ettiraveradi. Hazrat! Vaqtingizni olganimiz uchun bizni afu etgaysiz. Ammo ta’kid bilan aytamizki, dinimizning boshqa ishlari kabi, bu boradagi fikrlaringiz ham biz uchun juda qadrli va qimmatlidir. Alloh taboraka va taolo Siz va oila ahllaringizga tinchlik, tansihatlik, xotirjamlik va barakotli umr ato etsin. Dini Islom yo‘lida qilayotgan mehnatlaringiz samarasini bu dunyo va ohiratda ko‘paytirib bersin! Olamdan o‘tgan barcha azizlaringzni ohiratlarini obod qilsin! Omiyn! Sizga hurmat va ehtirom ila Abdurahmon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling!

28 Aprel 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar