Ruxsatsiz namoz

Assalomu alakum! Hurmatli hay’at a’zolari, men Janubiy Koreya davlatida ishlayman. Bu er fuqarolari Islom dinida emasliklari bois, namoz haqida tushunchalari deyarli yo‘q. Shu bois ko‘p hollarda asr va shom namozini ish vaqtidagi kichik to‘xtalishdan foydalanib, yoki ish vaqtida ruxsatsiz o‘qishga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday qilish joizmi? Tilni yaxshi bilmaganim va korxona rahbarlari namozga ruxsat bermasligi ham mumkin. Shuni xisobga olib so‘rashga jazm etolmadi. Iltimos shu masalada yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelishib olishingiz kerak. Garchi o‘shancha muddat evaziga haq olmaslikka kelishib bo‘lsa ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar