Og‘izni ochish tartibi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, taqvimda soat 20:23 yozilgan og‘iz ochish vaqtini lekin bu vaqtda kuyosh botmagan bo‘ladi. Bu erdagi imomlar fitna bo‘lmasligi uchun shomni azoni tugagandan keyin ochsalarin bo‘ladi deyishdi, lekin shu azon tugagandan keyin xam 5-6 minutdan keyin quyosh kiradi. Shunaqa vaziyatda nima qilsak bo‘ladi? Azondan keyin ochsak yaxshimi yoki 5-6 minut o‘tkazib ochsak to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Taqvimlar tekis joyni e’tiborga olib chiqariladi. Shuning uchun baland ko‘p qavtli uyda yoki shahar qishloqlarning balandroq joylarda yashaydiganlar quyoshning yumalog‘i ko‘zdan g‘oyib bo‘lishini kutishlari kerak. masalan ishxona 7-qavatda joylashgan. 1-qavatda shom vaqti kirganida 7-qavatdan quyoshni ko‘rib turgan bo‘lamiz. Shuning uchun 5-6 daqiqa kechiktirib shom o‘qiladi. Sizlar ham shunday qilinglar. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 170 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar