Qur’ondagi oyatlarni o‘qish tartibi
Assalomu alaykum! Ustozlar, “quron.uz” saytidagi bir mavzuni o‘qib, bir-ikki savollar paydo bo‘ldi. Ana shu savollarni birdaniga yo‘llasam:
1. Namozda suralarni har bitta oyatda to‘xtab o‘qisam to‘g‘ri bo‘ladimi?
2. “Fotiha” surasini to‘rtinchi oyatini beshinchi oyatga ulab o‘qib bo‘lmas ekan. Shu to‘g‘rimi?
3. “Maa’un” surasini to‘rtinchi va beshinchi oyatlarini ulab o‘qish kerak ekan. Agar ikki oyatni qo‘shib ketmasa, katta xatolik bo‘lar ekan. Shu haqda ham tushuntirib bersangizlar.
4. Abdulbosit qori va Mishari Rashid ustozlarni qiroatlari orqali Qur’onni yodlayman va ustozimdan har suralarni o‘tkazib olaman. Ustozim: «Oyatlarni ulab ketavering» deydilar. Menga esa, Qur’onni har bir oyatlarida to‘xtab, sekin o‘qish yoqadi. Abdulbosit qori va Mishari Rashid ustozlar ham har bitta oyatda to‘xtab o‘qishadi-ku! Menga shu haqda ham ma’lumot bersangizlar. Iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday o‘qir edilar.hadis 2). Ulamasdan o‘qisa sunnatga muvofiq bo‘ladi. 3). Bu xatolik namozni buzilishi yoki karohiyatiga olib bormaydi. 4). Bu ixtiyoriy narsa. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:07 | Savol-javoblar | 158 | Qur’oni karim