Qur’ondan tushunmagan joyim
Assalomu alaykum! Shayx Muxammad Sodiq hazratlarini tafsiri hilol elektron ilovasidagi Niso surasining 110-oyati o‘zbekcha maʼno tarjimasida shunday deb yozilibdi: "Kim yomonlik qilsa yoki o‘ziga zulm etsa, so‘ngra Allohga istig‘for aytsa, Allohni mag‘firatli va rahmli Zot topadir" "Yoki" degan kalimasi qanday qo‘llanilayabdi shu erda. Misol uchun "Abdulloh kitob o‘qidi yoki daftarga yozdi" degan jumladan ikki ishdan birini qilganligini tushunaman. Hech qachon ikkilasini qilganini tushunmayman. Bu oyatning o‘zbekcha maʼno tarjimasida "kim yomonlik qilsa YOKI o‘ziga zulm etsa" deyilyabdi. Aslida yomonlik qilish ham o‘ziga zulm etishku. Bu erni shunisiga tushunmadim. Shuni tushuntirib beraolasizlarmi? 2) Oxirgi jumalada "Allohni mag‘firatli va rahmli Zot topadir" deyilyabdi. Shu erini ham tushunmadim. Qanday maʼno bermoqchi bo‘lgan bu erida?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). “يَعْمَلْ سُوءًا” va “أوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُ” kalimalaridan murod nima ekani borasida mufassirlar turli qavllarni zikr qilganlar. Ayrim mufassirlar: avvalgisidan murod shirkdan kichik gunoh, keyingisidan murod katta shirkdir, deyishgan bo‘lsa, boshqalari: avvalgisidan murod o‘zgalarga zarari etadigan gunoh, keyingisidan murod faqat o‘ziga zarar beradigan gunoh, deyishgan.2) Ushbu oyatda isti’ora bor. Rahmat va mag‘firat tavba qiluvchi va istig‘for aytuvchilar uchun hozirlab qo‘yilgan ekan, go‘yo ular tavba va istig‘for qilishlari bilanoq izlaganlarini topgandek bo‘ladilar. Vallohu a’lam!
3 Sentabr 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 170 | Qur’oni karim