Jasadni yuvish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ruxsatingiz bilan «Omina» jurnali 1435, Ramazon, 9-soni 16-17- betlardan iktibos keltirsam:
Bir kuni Asma binti Umays roziyallohu anho ko‘rgani keldi. Fotima roziyallohu anho Asmaga sekingina:
«Ayollarga qilinadigan narsani yoqtirmayman. Ustiga bir kiyim tashlab qo‘yiladi. Bu uni vasf qilib turadi», dedilar.
«Ey Rasulullohning qizi, men senga Habashistonda o‘zim ko‘rgan narsani ko‘rsataymi?» dedi.
Asma Habashistonga hijrat qilganlardan edi. Fotima roziyallohu anho:
«Qani, ko‘rsat-chi», dedi.
Asma xurmoning xo‘l shoxidan olib kelishni so‘radi. Uni egib, so‘rining ustiga o‘rnatib, tobut qilib ko‘rsatdi. So‘ngra uning ustiga kiyim tashladi.
Buni ko‘rganda Fotima roziyallohu anho tabassum qildi. O‘sha kundan boshqa vaqtda tabassum qilmagan edi. Keyin Asmaga siniq ovoz bilan:
«Bu qanday ham yaxshi va qanday ham go‘zal! Ayol kishi erkak kishidan ajrab turadi. Sen meni satr qilganingdek, Alloh seni satr qilsin. Agar o‘lsam, meni Ali bilan sen yuvgin. Boshqa hech kim ustimga kirmasin», dedi» (Ibn Sa’d «Tobaqot»da keltirganlar). savol: Ayolini jasadini eri yuvishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U masalada to‘rt mazhab ulamolari ixtilof qilganlar. Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Mumkin emas. Ali roziyallohu anhuning Fotima roziyallohu anhoning yuvishlari o‘zlariga xos bo‘lgan ishdir" deganlar. Ali roziyallohu anhu bu ishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Qiyomat kuni har bir sabab va nasab uziladi. Mening sababim va nasabim bundan mustasno” degan hadislariga asosan qilganlar. Ya’ni ayol o‘lsa, ayol bilan erning orasidagi aloqa uziladi. Yuqoridagi hadisda “menda uzilmaydi” degan gapga ishora qilganlar. Siz keltirgan iqtibosdagi gap, kafanlangan holatdagi ayol ustiga narsa tashlab qo‘yish bilan kifoyalanmay, balki beshik kabi uning ustiga narsa yopish afzalligi haqida bo‘lgan. Hozir barcha musulmonlar shunday qiladilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 188 | Ruhiy tarbiya