Ayolimdan rozi bo‘lish
Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hayyati. Qilayotgan ishlaringizga Alloh xayr baraka berib, o‘zi mukofatlasin. Alhamdulillah 5 vaqt namoz o‘qiyman, qodir qilgunicha Ramazon ro‘zalarini tutib boraman, lekin ayolim 5 vaqt namoz o‘qimaydi, bomdod namoziga uyg‘otsam namoz o‘qiydi bo‘lmasam yo‘q(menda ham bomdod namoziga uxlab qolgan kunlarim bo‘lgan lekin ayolim uyg‘otmagan, o‘zi ham uxlayvergan). Kiyinishida avratlarini yopmaydi, ya’ni ro‘mol o‘ramaydi, ko‘ylakni tizzadan pasti ochiq, yangi kalta kiyadi. Meni tanbexlarimga bepisand qaraydi. Umuman shariatga beparvo. Endi men ayolimga sendan noroziman desam bo‘ladimi? Chunki uning bu ishlaridan haqiqatda noroziman. Allohdan qo‘rqaman. Oxiratda ayolim uchun javobgarman. O‘lim haq kim qachon o‘lishini bilmaydi. Agar ayolimdan norozi xolatda o‘lsam u jahannamiy bo‘lib qoladi. Keyin uning avratlarini to‘la berkitmay yurgani uchun dayus(Alloh saqlasin) bo‘lib qolmaymanmi? Ajrashay desam farzandlarimiz bor. Alhamdulillah o‘ta zehnli. Ularga imkon qadar Allohni tanitib Qur’on suralarini, duolarini o‘rgatib kelyabman. Nima qilay, ayolimga undan norozilimni aytayinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buyuring va sabr qiling. Oilada ko‘proq sunnatga amal qilishga harakat qiling. Masalan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati sharifalari ayolining og‘ziga shirinliklar solib qo‘yar edilar. Siz ham shu sunnat ekan deb shirinliklar solib qo‘ying. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush