Qon chiqsa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, shayx Hazratlarining savobli ishlarida davomiy bo‘layotganingiz uchun Allohning rahmati bo‘lsin. Savolim shuki : Labim yorilib ketgan, sal kulsam yoki gapirsam qonab ketadi. Qon ko‘p miqdorda emas, tupugim sal qizg‘ish rangga kirgudek bo‘ladi. Bu sharoitda tahorat buziladimi? Agar ro‘za bo‘lsa, og‘iz yoki dimog‘ida qon tami kelsa ro‘za ochiladimi? Burun qonasachi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qon ko‘p miqdorda emas, tupuk sal qizg‘ish rangga kirgudek bo‘lgan tahorat buziladi. Og‘iz yoki dimog‘ida qon tami kelsa ro‘za ochilmaydi. Burun qonasa tahorat ketadi. Qonni to‘xtatman deb boshni yuqoriga ko‘tarilganda qonni halqumdan ichkariga o‘tsa ro‘za ochiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:09 | Savol-javoblar | 451 | Dolzarb savollar